Понедельник, 20.05.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 24
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2009 » Август » 14 » Mansur II ibn Nuh
Mansur II ibn Nuh
10:08
Abu Horis
(?-999)
(997-999)

Somoniylar amiri. Uning davrida mamlakatda parokandalik, ichki nizolar (Mansur bilan lashkarboshilar o‘rtasida) tashqi xafv (qoraxoniylarning hujumlari) kuchaygan. Ayniqsa, qoraxoniylar tomoniga o‘tgan xoin lashkarboshilardan Foyiq saroyga nisbatan uyushtirgan fitnalarda faol qatnashadi. 999-yilning fevralida Foyiq turk g‘ulomlariga suyangan holda Mansurni taxtdan ag‘darib, ko‘zini ko‘r qiladi. Taxtga Mansurning ukasi Abdumalik ibn Nuhni o‘tkazishdi. Bu kuchsizlanib qolgan somoniylar sulolasiga payt poylab berilgan kuchli zarba edi. Mahmud G‘aznaviy 999-yilning may oyida Mansur uchun o‘ch olish shiori ostida Movarounnahrga qarshi qo‘shin tortdi. U somoniylar qo‘shinini tor-mor qilib katta o‘ljalar bilan G‘aznaga qaytdi. Jang oqibatida Xuroson Mahmud G‘aznaviy qo‘liga o‘tadi. Yuzaga kelgan bu vaziyatdan qoraxoniylar hukmdori Elik Nasr ham foydalanishga harakat qilgan. Shu yili Movarounnahr qoraxoniylar tomonidan egallangan
Просмотров: 871 | Добавил: RustaM | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Август 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024