Понедельник, 20.05.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 24
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2009 » Август » 14 » Qutbiddin Muhammad
Qutbiddin Muhammad
10:22
(? - 1127)
(1097-1127)

Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Anushteginning o‘g‘li. Yoshligida Marvda yaxshi ta’lim olgan, ilmi adab va din ilmlarini o‘rgangan. Otasi vafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshoh unvonini olgan (1097). Anushteginiylar - xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida Qutbiddin Muhammaddan boshlanadi.
1100-yil saljuqiylar sultoni Barqiyoruq va ukasi Sanjar Dodbek Habashiy isyonini bostirgan. Sanjar Xurosonni qo‘lga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabida qoldirib tasdiqlagan. Qutbiddin Muhammad sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan, har yili ikki marotaba shaxsan sulton saroyiga borib turgan, Sanjar olib borgan janglarda o‘z qo‘shini bilan qatnashib, xiroj, o‘lponlarni o‘z vaqtida to‘lab turgan.
Qutbiddin Muhammad olimu fuzalolarga homiylik qilgan adolatli hukmdor bo‘lgan. Jurjoniyning tabobatiga oid “Zahirayi xorazmshohiy” asari Qutbiddin Muhammadga bag‘ishlangan.
Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 769 | Добавил: RustaM | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Август 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024