Понедельник, 20.05.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 24
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2009 » Август » 14 » Sulton Ahmad Mirzo
Sulton Ahmad Mirzo
10:46
(1451-yil, Samarqand – 1494-yil, Oqsuv mavzesi, O‘ratepa)
(1469-1494)

Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori (1469-1494). Abu Said Mirzoning katta o‘g‘li. Onasi – O‘rda Bug‘a Tarxonning qizi. Otasi unga Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimligini bergan. Keyinchalik Toshkent, Shohruhiya va Sayramni o‘z tasarrufiga kiritgan. Toshkent va Sayramni ukasi Umar Shayx Mirzoga topshirgan. Xo‘jand bilan O‘ratepa ham bir necha muddat uning tasarrufida bo‘lgan. 1493-yil Sulton Ahmad Mirzo kuyovi, Toshkent xoni Sulton Mahmudxon bilan ittifoq tuzib Andijonga – Umar Shayx Mirzoga qarshi yurish boshlaydi, ular Andijon, Axsi va Marg‘ilonni qamal qiladilar. Shu paytda Axsida Umar Shayx Mirzo to‘satdan vafot etib, taxtga 12 yoshli Bobur o‘tirgan. Bek va amirlar xalqni dushmanga qarshi safarbar etadilar. Sulton Mahmudxon Toshkentga qaytib ketgan. Sulton Ahmad Mirzo Boburga Farg‘ona hukmronligini “in`om” etib Samarqandga qaytgan, biroq O‘ratepaga yetganda vafot etgan. Sulton Ahmad Mirzo Movarounnahrda nufuzi nihoyatda baland bo‘lgan Xoja Ahrorni o‘ziga pir tutgan. Oysha Sulton begim va Ma`suma Sulton begim ismli qizlari Boburning xotinlari bo‘lgan
Просмотров: 1055 | Добавил: RustaM | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Август 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024