Понедельник, 20.05.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 24
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Ubaydulla Sulton, Ubaydiy
(1486-yil, Xorazmning Vazir shahri yaqinidagi Tirsak mavzesi - 1540-yil 17-mart, Buxoro)
(1533-1539)

Buxoro xoni, shoir. Shayboniylar sulolasidan. Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning o‘g‘li. To‘liq ismi Abulg‘oziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog‘ Sulton ibn Abulxayrxon. Otasining iltimosiga ko‘ra, unga Xoja Ubaydulloh Ahror o‘z ismini bergan. Tasavvuf bo‘yicha dastlabki saboqni otasining piri Mavlono Muhammad Јozidan olgan. U.ga o‘z davrining mashhur ulamolari Fazlulloh ibn Ro‘zbehon, Maxdumi A`zam, Mavlono Muhammad Azizon, Mavlono Xoja Muhammad Sadr va boshqalar ustozlik qilgan. Xususan, unga davlat arbobi va sarkarda amir Abdulla Yamaniy (Buxoroda Mir Arab nomi bilan mashhur bo‘lgan) harbiy san`atdan saboq bergan va o‘ziga murid qilib olgan.
Xorazm va Buxoro hokimi bo‘lgan otasi Mahmud Sulton Qunduzda vafot etgach (1504), unga O‘rusbek Do‘rmon (1512-yild ... Читать дальше »
Просмотров: 1124 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abu Said ibn Ko‘chkunchixon
(?-1533-y.)

1530-1533-yillarda shayboniylar hukmdori. Uning davrida Movarounnahrda shayboniylar o‘rtasida Buxoro va Samarqand taxti uchun o‘zaro nizolar davom etgan. U mashhur tasavvuf olimi bo‘lmish o‘z vaziri Ofoq Xojaning mudiri edi.
Просмотров: 693 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Ko‘chkunchixon ibn Abulxayrxon (ko‘chim)
(?-1530-y.)
(1510-1530)

Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xon. Abulxayrxon va Robiya Sultonbegim (Ulug‘bek mirzoning qizi)ning farzandi, Shayboniyxonning amakisi. Shayboniyxon tomonidan Turkiston viloyati hokimi etib tayinlangan(1503-1509-y.). Movorounnahr xoni (1510-1530-y.). Shayboniylarning Movarounnahrni bosib olish uchun qilgan yurishlarida faol ishtirok etgan. 1512-yil 28-apreldagi jangda shayboniylar Bobur bilan uning ittifoqchisi safaviylar qo‘shinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qo‘lga kiritdilar va Ko‘chkunchixon hukmronligi qayta tiklandi. Uning davrida Shayboniylar Safaviylar bilan urushib, ikki marta (1513/14:1529-y.) Hirotni egallaganlar, Bobur saltanati poytaxti Agra shahriga elchilar yuborilgan. Elchilar Bobur tomonidan tuhfalar bilan kutib olingan. Ko‘chkunchixon nomi tarixda xongina emas, adabiyot, fan va madaniyat homiysi sifatida ham qolgan. Uning davrida ko ... Читать дальше »
Просмотров: 820 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Sulton Muhammad Shayboniyxon ibn Budoq Sulton ibn Abulxayrxon 
(1451-1510),
(1500-1510)

«Shayboniylar sulolasi» asoschisi (1500-1510), Abulxayrxonning nabirasi, Budoq sultonning o‘g‘li. Tug‘ilganda unga turkiylar odatiga ko‘ra ikki ism - Muhammad (arabcha) va Shayboniyxon (turkiycha) ismlari qo‘yilgan. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo‘ygan. Shayboniyxon g‘oyat katta jismoniy kuchga, harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi. «Boburnoma» asarida esa u «Shayboqxon», ya`ni «kuch-qudrat egasi» deb ataladi.


 Shayboniy yollanma qo‘shin boshlig‘idan xon darajasiga ko‘tarilgan tarixiy shaxsdir. U nafaqat sarkarda balki, Shohbaxt, Shoyboq, Sheboni, Shohibek, Shayboniy taxalluslari bilan g‘azal, ruboiylar bitgan sh ... Читать дальше »

Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 1484 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(1483-1500)
(1498-1500)

1498-1500-yillarda Movarounnahrda hukmronlik qilgan so‘ngi temuriy hukmdor. Sulton Mahmud Mirzoning 3-o‘g‘li. Onasi - Zuhra begim. Otasining vafotidan so‘ng Qarshi viloyati hokimi bo‘lib, keyinchalik akasi Boysung‘urdan Buxoroni (1497-yil dekabr), Bobur esa, Samarqandni tortib olgan. Bobur ota meros shahri Andijon dushman qo‘liga o‘tishi mumkinligi haqida xabar topib, beklaridan birini Samarqandda qoldirib, Andijon tomon yurgan. Bundan foydalangan Sulton Ali Mirzo Samarqandni ishg‘ol qiladi (1498-yil fev.-mart). 1499-yilda Sulton Ali Mirzo bilan Muhammad Mazid tarxon orasida nizo vujudga keladi. Tarxonlar Movarounnahrda katta nufuzga ega edilar. Mazid tarxon Samarqand va uning atrofidagi mulklarni o‘z o‘g‘illari, qarindosh-urug‘lari va yaqin kishilari ixtiyoriga berib qo‘ygan edi. Sulton Ali Mirzo taxtga muqim o‘rnashib olgach, Mazid tarxonga qarshi siyosat yuritadi. Natijada Mazid tarxon Samarqanddan chiqib ke ... Читать дальше »
Просмотров: 1210 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(1453 – Samarqand – 1495-yil)
(1494-1498)

Samarqand hokimi (1494-1498). Temuriylardan. Abu Said mirzoning 3-o‘g‘li. Otasi davrida Astrobod viloyati hokimi. Abu Said Mirzo vafoti (1469)dan so‘ng Termiz, Chag‘oniyon, Hisor, Xatlon, Quduz, Badaxshon va Hindikush tog‘larigacha bo‘lgan yerlar uning tasarrufiga o‘tgan. Akasi Sulton Ahmad Mirzoning vafoti (1494)dan so‘ng esa, Samarqand taxtiga o‘tirgan. U zulmni haddan oshirgani uchun mamlakatning katta kichik aslzodalari, sipohiylar va oddiy xalq har tarafga tarqalib qocha boshlagan. Sulton Mahmud Mirzo taxtga da`vogar bo‘lib kelgan amakivachchasi Malik Muhammad Mirzo va u bilan birga kelgan mirzolarni qatl ettirgan. Sulton Mahmud Mirzo o‘z hukmronligi davrida 2 marta Husayn Boyqaro bilan jang qilib, ikkalasida ham mag‘lub bo‘lgan. Boburning Sulton Nigor xonim ismli xolasi uning 4-xotini.
Просмотров: 1209 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(1451-yil, Samarqand – 1494-yil, Oqsuv mavzesi, O‘ratepa)
(1469-1494)

Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori (1469-1494). Abu Said Mirzoning katta o‘g‘li. Onasi – O‘rda Bug‘a Tarxonning qizi. Otasi unga Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimligini bergan. Keyinchalik Toshkent, Shohruhiya va Sayramni o‘z tasarrufiga kiritgan. Toshkent va Sayramni ukasi Umar Shayx Mirzoga topshirgan. Xo‘jand bilan O‘ratepa ham bir necha muddat uning tasarrufida bo‘lgan. 1493-yil Sulton Ahmad Mirzo kuyovi, Toshkent xoni Sulton Mahmudxon bilan ittifoq tuzib Andijonga – Umar Shayx Mirzoga qarshi yurish boshlaydi, ular Andijon, Axsi va Marg‘ilonni qamal qiladilar. Shu paytda Axsida Umar Shayx Mirzo to‘satdan vafot etib, taxtga 12 yoshli Bobur o‘tirgan. Bek va amirlar xalqni dushmanga qarshi safarbar etadilar. Sulton Mahmudxon Toshkentga qaytib ketgan. Sulton Ahmad Mirzo Boburga Farg‘ona hukmronligini “in`om” etib Samarqandga qaytgan, biroq O‘ratepaga ye ... Читать дальше »
Просмотров: 1054 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Sulton Abu Said Mirzo ibn Sulton Muhammad
(1424-1469)
(1451-69)

Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr (1451-69) va Xuroson (1458-69) hukmdori. Mironshohning nabirasi. Shohruh va Ulug‘bek vafotidan so‘ng Temuriylar davlatida boshlangan taxt uchun kurash chog‘ida Ulug‘bekning o‘g‘li Abdulatif tomonidan Buxoro zindoniga tashlangan. Abdulatifning o‘limidan so‘ng (1450) ozod qilingan. Abu Said Movarounnahr taxtiga o‘tirgan Mirzo Abdullaga qarshi Abulxayrxon yordamida qo‘shin tortgan va 1451-yil Bulung‘ur jangida uni tor-mor keltirib, Samarqand taxtini egallagan. U minnatdorchilik sifatida Ulug‘bek mirzoning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka bergan. So‘ng Abu Said Toshkentdan o‘z piri Xoja Ahrorni chaqirtirib olgan. Xuroson hokimi Abulqosim Bobur vafoti (1458)dan so‘ng Hirot, Astrobod, Mozandaron Abu Said qo‘liga o‘tib, markaziy hokimiyat tiklanga ... Читать дальше »
Просмотров: 1058 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(1433-1451)
(1450-1451)

Movarounnahr hukmdori (1450-1451). Temuriylardan. Ulug‘bekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja o‘g‘li. Otasi vafotidan so‘ng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh bo‘lgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsiddin Sheroziy boshqargan. 1447-yil amakivachchasi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Hirotga qochib kelgan. 1448-yilda esa amakasi Ulug‘bekning xizmatiga kirib, uning qiziga uylangan. Abdullatifdan keyin Movarounnahr taxtiga o‘tirgan. Ammo toju taxt da’vogari Sulton Abu Said Mirzoga qarshi jangda halok bo‘lgan.
Просмотров: 746 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(1423–1450)
(1449-1450)

Movarounnahrda 1449-1450-yillarda hukmronlik temuriy hukmdor. Ulug‘bekning o‘g‘li. Shohrux saroyida tarbiya olgan, harbiy yurishlarda qo‘shinning o‘ng qanotiga qo‘mondonlik qilgan. Gavharshod begim va tarxon amirlar Shohrux o‘limidan so‘ng (1447) Abdulatifni oliy bosh qo‘mondonlikka tayinlab, uning amakivachchasi Alouddavlani taxtga o‘tqazishgan. Bu qarordan norozi bo‘lgan Abdulatif Alouddavlaga qarshi urush ochgan, lekin Nishopur yaqinidagi jangda (1447) yengilib, hibsga olingan. Ulug‘bek farzandi hayotini saqlab qolish maqsadida Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur bo‘lgan. Unga ko‘ra, Alouddavla Xuroson hukmdori deb tan olinib, Abdulatifga Balx ulusi berilgan. Abdulatif Ulug‘bekning 1448-yil ilk bahoridan yozigacha Alouddavla va Abulqosim Boburga qarshi janglarida qatnashgan. So‘ng, toj-taxtni egallash maqsadida otasiga qarshi Abulqosim Bobur bilan ittifoq tuzgan. Ulug‘bek Abdulatifga qarshi qo‘shin tortgan ... Читать дальше »
Просмотров: 762 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 6 7 8 »
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024