Somoniylar davlatini boshqargan hukmdor. As-Sadid (“dono”, “tadbirkor”) laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida bir qator tadbirlarni oshirgan. Bu ishda unga vazirlari Bal’amiy va Utbiylar yordam bergan. Buvayhiylar, Ziyoriylar bilan kurash olib borgan. Buvayhiylar ustidan qozongan g‘alabasi uning shuhratini oshirgan. Uning topshirig‘iga ko‘ra, Bal’amiy Tabariyning “Tarix ul-anbiy va-l-r-rusul va-l-mulk va-lxulafo” (“Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi”) nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan va boyitgan