Понедельник, 25.11.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 25
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Sevgi nima? Chop etish uchun ... Читать дальше »
Просмотров: 14423 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (4)

 Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bu kunlar har kungidan ham go'zal, har doimgidan-da faraxli kunlar! Chunki bu kunlar bizning bayramimiz. Musulmonlar hayit kunida dunyodagi eng baxtiyor insonlardir.
Birodarim, sizni ham ushbu ulug' kun, hayit ayyomi bilan chin qalbdan tabriklayman.
Ayni paytda, undan oldin va keyin qilgan ibodatlaringizni Allohim o'z dargohida qabul qilsin!
Yuzingizdan bu kungidek tabbassum hech qachon arimasin!

Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin!

Ziyo Uz tahririyati

Hanafiy mazhabining olimi Xasip Asutayning ushbu risolasi ilmiy manbalarga asoslanganligi bilan birga, sodda, ommabop va savol-javob tarzida yozilgan. Shu bois, ushbu risolani kitobxonlarimiz uchun juda zarur va foydali, deb o‘ylaymiz.

Tarjimon: Sayfiddin Sayfulloh ... Читать дальше »

Просмотров: 2829 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(tug‘ilgan yili noma`lum)
(1525-1538)

Xiva xoni. Shayboniylar sulolasidan. Ubaydullaxon 1537-yili Urganchni egalladi va Avaneshxon qo‘shinlarini tor-mor keltirib, xonning o‘zini o‘ldiradi. Xonlik hududi to‘rt qismga bo‘linib, uning bir qismi Ubaydullaxon, qolgan uch qismi esa Hisor, Samarqand va Toshkent hokimlariga bo‘lib berdi. O‘g‘li Abdulazizni Xorazmga noyib etib tayinlaydi.
Просмотров: 849 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(?-1516),
(1511-1516)

Xorazmda hukmron bo‘lgan shayboniylar sulolasi asoschisi va xoni, Berka Sultonning o‘g‘li Chingizxonning nabirasi Shaybon avlodidan. Otasi Berka sulton Shayboniyxon tomonidan qatl qilingandan so‘ng (XV asrning 80-yillarida), ukasi Bilbars bilan o‘z ulusi (Sirdaryoning quyi oqimida) istiqomat qilgan. 1510-yilda safaviylar hukmronligiga qarshi Xorazmda Umar boshchiligida qo‘zg‘olon boshlanadi. Xorazmda hokimiyat tepasiga yangi sulola vakili kelishini mashhur Sayidota ajdodi uyushtirdi. Uning tashabusi bilan Shayboniyxon tomonidan qatl etilgan Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxon taxtga o‘tkaziladi. 1511-1512-yillarda Elbarsxon boshchiligida Xorazm xalqi Eron qo‘shinlarini mamlakatdan quvib chiqaradi. Shu tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi. Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko‘chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qozilbosh qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba sharafi ... Читать дальше »
Просмотров: 1189 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Amir Said Olimxon ibn Abdulahad
(1881, Karmana – 1944. 28-aprel, Kobul)
(1910-1920)

Mang‘itlardan bo‘lgan Buxoro amiri. Peterburgdagi Nikolaev (pajlar) korpusida ta`lim olgan (1893-96). 1898-yil Qarshi, valiahd sifatida Karmana bekliklariga hokim bo‘lgan. Otasi vafotidan so‘ng 1910-yil 24-dekabrda Buxoro taxtiga o‘tirgan. Uning davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi yanada kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar shuningdek, Yosh buxoroliklar qattiq ta`qib qilindi. Birinchi Jahon urushi davrida Rossiya imperatori Nikolay II uni general – leytinant harbiy unvoni bilan taqdirlagan va o‘zining general – ad`yutanti qilib tayinlagan (1915-yil dekabr). Chunki u Rossiyaga katta miqdorda pul bilan yordam bergan edi. Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi, xususan, Kolesov voqeasi (1918-yil mart) dan keyin u amirlik hududida 3 ming kishini jadidlikda ayblab, nohaq qatl ettirgan.
1920-yil avgustda Buxoro bosqini natijasida amirlik ... Читать дальше »
Просмотров: 2744 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Muzaffar ibn Nasrulloxon
(1819 - Buxoro - 1885)
(1860-yil 23-sentabr- 1885-yil 12-dekabr)

Mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri.Otasi Nasrulloxon davrida Karmanaga hokimlik qilgan. Amir Nasrullo vafotidan so‘ng, Buxoro taxtiga o‘tirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga qaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamayotgan Hisor, Shahrisabz, Darboz, Ko‘lob, Baljuvon bekliklari va Qo‘qon ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini yengdi (1863-1865). Mallaxon tomonidan taxtdan tushirilgan Qo‘qon xoni Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi uchun unga harbiy yordam bergan (1861). Muzaffarning hukmronlik davri Rossiyaning O‘rta Osiyo xomliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davrga to‘g‘ri keladi. Rossiya bilan bo‘lgan kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishda umidini uzmay, u Najmiddinxo‘ja boshliq ekchilarni ... Читать дальше »
Просмотров: 1533 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Nasrulloxon ibn Amir Haydar
(1806-yil 1-iyun – 1860-yil 21-sentabr)
(1826-1860)

Mangi‘tlar sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri. Otasi Amir Haydar hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. 1826-yili Amir Haydar vafot etgach bir necha oy mobaynida Nasrulloning ikki akasi - Husayn va Umar almashinildi. Birinchisi zaharlandi, ikkinchisi esa o‘ldirildi. Shu yili (1826) Amir Haydarning uchinchi o‘g‘li shavqatsizligi uchun “Amiri qassob” laqabini olgan Nasrulloxon taxtga o‘tirdi. Akalari o‘limidan keyin taxtga o‘tirgan Nasrulloxon qisqa vaqt ichida taxtga da‘vo qilishi mumkin bo‘lgan avlodlaridan barchasining bahridan o‘tadi. U qo‘shinlariga tayangan holda o‘zbek feodal zodogonlarini beayov qira boshladi. U yer egalarining mol-mulki va yerlarini musodara, o‘zlarini badarg‘a qilib, o‘ldirtirib yubordi. Bu borada uning eng yaqin yordamchisi rais Rahmonbedi Niyoz edi. Nasrulloxon o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalari ... Читать дальше »
Просмотров: 1472 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Amir Haydar ibn Shohmurod
(1800-1826)

Mang‘itlardan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning hukmronlik yillarida mamlakatda notinchlik hukm suradi, ya`ni markaz va viloyatlar hamda kechagina viloyat maqomida bo‘lgan, lekin endilikda alohida siyosiy birlik - xonlikka aylangan Xiva va Qo‘qon bilan qarama-qarshiliklar avjiga chiqadi va mamlakatda har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan. Miyonkol, Shahrisabz, Karki, Marvdagi mahalliy kuchlar yana o‘z boshimchalik qila boshlaganlar. Chunonchi, Marvni boshqarib turgan Dinnosirbek (amirning ukasi) Xiva xoni Eltuzar ko‘magiga ishonib, bosh ko‘taradi. Amir Haydar uchun bu nihoyatda havfli holat edi. Chunki, bu shunchaki bir viloyatning markazga bo‘yin egmasligi emas, balki rasmiy sulola namoyondasining mintaqadagi raqiblardan – xivaliklar bilan til biriktirib, oliy taxtga qarshi harakati edi. Shuning uchun ham Amir Haydar unga qarshi lashkar tortadi. Dinnosirbek bas kelolmay M ... Читать дальше »
Просмотров: 1372 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Shohmurod ibn Doniyolbiy
(1749-1800)
(1785-1800)

Buxoro amiri. Mang‘itlardan bo‘lgan. Yoshligidan xudojoy, porso bo‘lib o‘sgan. Madrasani bitirib darvishlik suluki soliklaridan biriga aylanadi. Shuning uchun xalq uni hurmat bilan “amiri ma`sum” (begunoh amir) unvonini bergan. Shohmurod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda hammollik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro‘zg‘or tebratgan. Uning xalq orasida obro‘si katta bo‘lganligi uchun Doniyolbiy uni o‘ziga valiahd etib tayinlashga majbur bo‘lgan. O‘n nafar ukalaridan birortasi ham Shohmurodni yoqtirmas edi. Amirlik taxtiga chiqqach (1785), ukalarining har biriga bittadan viloyat hokimligini topshiradi. Markaziy hokimyat mustahkamlash ishiga qattiy bel bo‘glagan hukmdor edi. Mang‘it namoyondalar orasida Shohmurod ham shaxs, ham arbob sifatida alohida o‘rin tutgan, desak xato bo‘lmaydi. Zolim qo‘shbegi va qozikalon Nizomiddinni qat ... Читать дальше »
Просмотров: 1257 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Doniyolbiy otaliq (Doniyolbiy ibn Xudoyorbiy)
(?-1785)
(1758-1785)

Mang‘itlarning nufuzli biylaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimbiyning amakisi. 1758-yil 24-martda Muhammad Rahim vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari bo‘lmaganligi uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi - Fozilto‘ra o‘tqazilgan, Miyonkol hokimi bo‘lgan Doniyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan (1758-1785). Bundan norozi bo‘lgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burhut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon ko‘tarib, 10 ming yigitni qurollantirib, Buxoro tomonga yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Doniyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga ko‘ra, Fozilto‘rani taxtdan tushirib, o‘rniga Ashtarxoniy shahzodalardan bo‘lgan Abulg‘ozi xonlik taxtiga o‘tqazilgan (1758-1785). Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o‘z qo‘lida saqlab qolgan. Doniyolbiy otaliq davrida ham o‘z ... Читать дальше »
Просмотров: 1221 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

1 2 3 ... 7 8 »
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024