Суббота, 04.05.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 24
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Boqimuhammad ibn Jonibek Sulton
(? - 1605),
(1601-1605)

Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. Shayboniylar sulolasining so‘nggi vakili Pirmuhammadxon (1598-1601) 1599-yilda Boqimuhammadni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan. Shunday bo‘lsada u tez orada o‘z mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay qo‘ygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik ko‘ra boshlagan. 1601-yil uyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bog‘i Shamol degan joyda Boqimuhammad bilan jang qilib, mag‘lubiyatga uchragan. So‘ng, Boqimuhammad Buxoroga kirib, xonlik taxtini egallagan. Shu tariqa Buxoroda yangi sulola – “Ashtarxoniylar” hukmronligi boshlangan.
Boqimuhammad o‘z hukmronligi davrida xonlik hududi yaxlitligi saqlab qolish o‘ziga qadar o‘tgan xonlar qo‘lidan chiqargan yerlarni dushmandan qaytarib olish maqsadida ko‘plab urushlar qilgan. Abdullaxon II o‘limidan so‘ng turkmanlar yordamida Buxoroga bo‘ysunm ... Читать дальше »
Просмотров: 1121 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Pirmuhammad ibn Sulaymon sulton
(1599-1601-yillarda hukmronlik qilgan)

Shayboniylar davlatining so‘ngi hukmdori. Abdulmo‘minning amakisi. Dastlab Balx hokimi bo‘lgan. Abdulmo‘min o‘ldirilgach, Buxoro xonligi taxtiga o‘tqazilgan va davlatni 1601-yilgacha idora etgan. Uning davrida markaziy hokimiyat nihoyatda zaiflashgan. 1601-yili Samarqand hokimi Boqimuhammadni poytaxt ixtiyorida tutish niyatida taxminan 50 ming qo‘shin bilan unga qarshi chiqadi. Pirmuhammad Bog‘i shamol atrofida mag‘lubiyatga uchraydi. Buxoro taxti esa Boqimuhammad qo‘liga o‘tib u xon deb ko‘tariladi. Shu tariqa shayboniylarning bir asrlik hukmronligiga nuqta qo‘yiladi. Mamlakat va davlat tig‘inini endi yangi sulola – “Ashtarxoniylar” o‘z qo‘llariga oladilar.
Просмотров: 766 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abdulmo‘min ibn Abdullaxon
(1568-1599)
(1582-1599)

Balx va Badaxshon hokimi (1582-1598). 1598-99-yillarda Buxoro xoni bo‘lgan. 1589-yildan otasi Abdullaxon II bilan munosabatlari keskin yomonlashgan. Chunki Abdullaxon II Hirotni Safaviylardan qaytarib olgach, uni o‘z o‘g‘li qolib, Qulbobo Ko‘kaldoshga in`om qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi noiblari – Qulbobo ko‘kaldosh, Dinmuhammad sulton va boshqa;arga yozma farmon jo‘matib, Abdulmo‘minga itoat etmaslikni va xatto biror qulay fursatdan foydalanib uni jisman yo‘q qilishni buyuradi. Shuningdek, u Niso, Obivard va Durun hokimi Nurmuhammadxonni qollab- quvvatlab uni Abdulmo‘minga qarshi urushga undaydi. Bundan darg‘azab bo‘lgan Abdulmo‘min 1597-yilning kuzida otasiga qarshi bosh ko‘tarib, Balx va Badaxshon qo‘shini bilan Amudaryo bo‘yiga kelgan. Abdullaxon II ning qo‘shini Nasaf (Qarshi) atrofida joylashgan. Abdullaxonga ko‘makka viloyat hokimlari – masalan, Axsi va Andi ... Читать дальше »
Просмотров: 746 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon
(1534-Miyonkol, Ofarikent qishlog‘i - 1598-yili 8-fevral Samarqand, Buxoro yaqinida Bahouddin majmuasiga dafn etilgan)
(1583-1598)

 O‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan eng yirik hukmdor (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma`rifat, madaniyat homiysi. Toshkent hokimi Baroqxon (Navro‘z Ahmadxon) bilan Koson yonida (1548), Mo‘ngiliston xoni Abdurashidxon va shayboniylardan Do‘stum sultonlar qo‘shiniga qarshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton o‘zining hukmdor sifatidagi butun g‘ayrat shijoatini 1551-yil Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan Baroqxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini o‘z zimmasiga olib bu hujumni muvaffoqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552-56-y.) o‘z mulkini G‘a ... Читать дальше »
Просмотров: 1215 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Iskandarxon ibn Jonibek Sulton
(?-1583-y. 22-iyun)
(1561-1583)

Shayboniylar xoni. Uning onasi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon (Boburning tog‘asi)ning qizi bo‘lgan. Iskandarnon 15 yoshida Samarqand sug‘diga qarashli Ofarinkent (Miyonkol) nohiyasida hokimlik qilgan, otasi favot etgach (1539-y.), Karmana hokimi bo‘lgan. 1561-yil Iskandarxon o‘g‘li Abdullo sulton (AbdullaxonII) Buxoroni egallab amakisi Pirmuhammad (Balx hokimi) o‘rniga otasi Iskandarxonni butun o‘zbeklarning xoni(xonlar xoni) deb e`lon qilgan. Iskandarxon yoshligida jangari, irodali kishi bo‘lgan esada – keyinroq taqvoga juda berilib ketgan. Shatiat ahkomlariga to‘la rioa qilgan, lochin oviga mohir bo‘lgan, deyarli davlat ishlariga aralashmagan, shu sababli Nisoriy ,,Muzakkiri ahbob”ni bosh xonga emas, AbdullaxobII ga bag‘ishlagan va Iskandar Sultonni faqat oliy hukmdor sifatida madh etgan. U taniqli tasavvuf olimi, Mahdumi A`zam Kosoniyning mudiri va shogi ... Читать дальше »
Просмотров: 710 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Pirmuhammadxon ibn Jonibek sulton
(?-1567-y. 12-mart)
(1556-1561)

Balx hokimi (1546-67). Shayboniylar xoni. Uning davrida Balx hokimligi kuchayib to‘liq mustaqil xonlikka aylangan. Buxoro xoni Abdulaziz (1540-50) Balxning mustaqilligini barham berish maqsadida katta harbiy yurishga otlangan, biroq bu safar unig vafoti tufayli qoldirilgan. Buxoro taxtiga Muhammadyor sulton o‘tqazilgan. Pirmuhammad ta`ziya bildirish uchun Buxoroga kelib, turli nayranglar bilan taxtni egallab olgan(1550-y. 18-avgust). Biroq amaldorlar va ulamolarning aksariyati uni qo‘llab quvatlamagan. Jo‘ybor xojalaridan Xija Muhammad Islom ham uni tan olmagan. Pimuhammadxon shundan so‘ng Buxoro taxtiga o‘z kishisi – shayboniylardan Umarg‘ozi Sulton(O‘zbekxon)ni o‘tqazishga ko‘p uringan. U Buxoro oily hukmdori sifatida bir yilcha turgan, lekin amirlar va eshon Xoja Muhammad Sultondan ko‘mak ololmagach, Buxoroni tark etishga, taxtni yana Muhammadyor Sulton ... Читать дальше »
Просмотров: 970 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Navro‘z Ahmadxon ibn Suyunchxoja
(?-1556, Samarqand)
(1551-1556)

Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xon. Abulxayrxonning nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxojaning kichik o‘g‘li. Otasi vafotidan so‘ng Toshkent hokimi (1525-1551-y) so‘ngra Movarounnahr xoni (1551-1556-y.). U yoshligida Vosifiydan she`riyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan ta`lim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan ko‘proq shug‘ullangan. Baroqxon XVI asr o‘rtalarida Buxoro xonligida kuchayib ketgan feudal kurashdan foydalanib, Movaronnahrni qo‘lga kiritib oldi. So‘ngra qo‘shin bilan Shayboniyxonning jiyani Muhammad Rahimni Buxoro ustiga otlantirdi. Lekin Muhammad Rahim yo‘lda to‘satdan vafot etdi. Uning o‘g‘li Burxon sulton otasiga qarashli harbiy qismlar va mulozimlari bilan Buxoro ostonasiga yetib keldi. Ayni shu vaqtning o‘zida Baroqxon Toshkentdan, Abdulatifxon esa Samarqandda Buxoro ustiga qo‘shin tortib, oxir-oqibat uni egalladilar (1 ... Читать дальше »
Просмотров: 1230 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abdulatifxon ibn Ko‘chkunchixon
(?-1551-y aprel/may)
(1540-1551)

Samarqand xoni bo‘lgan shayboniy hukmdor. U Ubaydullaxon va Baroqxon bilan birgalikda Xorazmni egallagan (1537-38-y.). 1541-yil Samarqandni Buxoro xonligidan mustaqil deb e`lon qilib mamlakatda ikki hokimiyatchilik vujudga kelishiga yo‘l qo‘ygan (1540-50-y.). Baroqxon bilan birgalikda Karmanaga yurish qilgan. Ammo Karmana hokomi Abdullaxon II bu hujumni qaytargan.Shariat jonkuyari bu xonning yaxshi hislatlari va ko‘pgina taxsinga sazovor ishlari bor edi. U o‘z xalqiga yomonlikni ravo ko‘rmadi, ba`mani qiliqlarni batamom tiyildi va ziyofatlarni olim – fozillarsiz o‘tkazmadi. Uning davrida Samarqand shahri gullab yashnadi. Uning bog‘lari Eram bog‘laridan ham go‘zalroq deb ta`riflanardi.
Abdullatifxon o‘z qarindoshlari orasida ustun va shuhrati baland edi. Tarix fanini yaxshi bilar, ilm-ma`rifatlardan xabardor edi. Kecha-yu kunduzini teng soatlarga bo‘libhar ... Читать дальше »
Просмотров: 783 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abdullazizxon ibn Ubaydullaxon
(1509-1550)
(1540-1550)

Buxoro xoni bo‘lgan shayboniy hukmdor (1540-1550). Ubaydullaxonning o‘g‘li. Dastlab 1538-1539-yillarda Xorazm hokimi bo‘lgan. 1539-yilda otasi Ubaydullaxon vafot etgach, shayboniylar sulolasi vakillari o‘rtasida o‘zaro nizolar avjiga chiqdi. Buning oqibatida Abdullaxon I ning qisqa hukmronligi (1539-1540)dan so‘ng mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga kelib, Abdulazizxon Buxoro xoni (1540-1550), Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullatifxon esa Samarqand xoni bo‘lgan. Abdulazizxon otasi Ubaydullaxon vafotidan keyin Buxoro taxtiga o‘tiradi, ammo Samarqand xoni uni bosh xon sifatidida tan olmaydi, natijada kelishmovchiliklar kelib chiqqan. Toshkent hokimi Navro‘z Ahmadxon va Abdullatifxonlar Abdulazizga qarshi qo‘shin tortadi. Abdulazizxon Balxga qochadi, biroq Jo‘ybor shayxlari Toshkent, Samarqandlik hokimlari hokimlarni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun Buxoroni tashlab chiq ... Читать дальше »
Просмотров: 913 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abdullaxon I ibn Ko‘chkunchixon
(XV asr oxiri - 1540-yil 14-sentabr, Samarqand)
(1540-yil mart-sentabr)

Shayboniylardan bo‘lgan Movarounnahr xoni. Abulxayrxonning nevarasi, Ko‘chkunchixonning o‘g‘li.
1514-1540-yillarda Abdullaxon I Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan. 1540-yil martda shayboniy Ubaydullaxon vafot etgach, Buxoro xonligi 3 qismga bo‘lingan davrda Samarqandda hukmronlik qilgan. Uning qisqa hukmdorligidan so‘ng mamlakatda qo‘sh hokimiyatchilik vujudga kelgan, ya`ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo‘ldi.
Abdullaxon I Samarqandda Registon yaqinidagi Chihil (Chil) Duxtaron qabristonida dafn etilgan. Uning vafotidan so‘ng Samarqanddagi shayboniylar taxtiga ukasi Abdulatifxon o‘tirgan.
Просмотров: 745 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 ... 7 8 »
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024