Abdullaxon I ibn Ko‘chkunchixon (XV asr oxiri - 1540-yil 14-sentabr, Samarqand) (1540-yil mart-sentabr)
Shayboniylardan bo‘lgan Movarounnahr xoni. Abulxayrxonning nevarasi, Ko‘chkunchixonning o‘g‘li. 1514-1540-yillarda Abdullaxon I Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan. 1540-yil martda shayboniy Ubaydullaxon vafot etgach, Buxoro xonligi 3 qismga bo‘lingan davrda Samarqandda hukmronlik qilgan. Uning qisqa hukmdorligidan so‘ng mamlakatda qo‘sh hokimiyatchilik vujudga kelgan, ya`ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo‘ldi. Abdullaxon I Samarqandda Registon yaqinidagi Chihil (Chil) Duxtaron qabristonida dafn etilgan. Uning vafotidan so‘ng Samarqanddagi shayboniylar taxtiga ukasi Abdulatifxon o‘tirgan.