Суббота, 04.05.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 24
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Muhammad Rahim ibn Muhammad Hakimbiy
(1709-1758-yil 24-mart),
(1756-1758)

Muhammad Rahim otaliq, mang‘itlar sulolasining asoschisi, qushbegi, 1756-1758-yillarda rasman Buxoro xoni (1747-yildan amalda), otasi – Muhammad Hakimbiyning ko‘magi bilan ashtarxoniy hukmdor Abulfayzxon saroyida bosh vazirlik lavozimida hizmat qilgan. Eron shohi Nodirshohning Buxoroga hujumidan keyin uning mamlakatda mavqei yanada oshgan va Abulfayzxonning qiziga uylangan. Buxoroning obro‘li kishilardan 12000 nafariga bosh bo‘lib, ularni oq uylik sifatida Eron poytaxti – Mashhadga olib kelgan. U 1745-yildagi kattaqo‘rg‘onlik Ibodullohbiy boshchiligida xitoy-qipchoq qavmlari ko‘targan isyonni bostirish uchun Nodirshohning buyrug‘iga ko‘ra Buxoroga qaytadi va qushbegi- bosh vazir lavozimini egallaydi. Aynan shu paytdan boshlab u Buxoro xonligining amaldagi hukmroniga aylangan. Muhammad Rahimbiy buyrug‘i bilan 1747-yilda Abulfayzxon Mir Arab madrasas ... Читать дальше »
Просмотров: 1025 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Ubaydullaxon ibn Abdulmo‘minxon
(tug‘ilgan va o‘lgan yili nom`alum)
 (1751-1754)

Ashtarxoniylar sulolasining so‘ngi hukmdori. Davlat boshqaruvida hech qanday ro‘l o‘ynamagan edi. Davlat boshqaruvi butunlay mang‘itlar qo‘lida bo‘lgan. U mang‘itlar amiri Muhammad Rahimbiyga tamomila bo‘ysungan. Muhammad Rahimbiy buyrug‘i bilan taxtdan voz kechgan. Uning keyingi hayoti haqida ma`lumotlar saqlanib qolmagan.
Просмотров: 731 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abdulmo‘min ibn Abulfayzxon
(1738-yil - Buxoro - 1751-yil)
(1747-1751)

Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. Abulfayzxonning o‘g‘li.
Abulfayzxonning yetti farzandi bor edi. U mast chog‘ida ularni o‘limga mahkum etadi. Hali go‘dak bo‘lgan Abdulmo‘mingina taxt ostiga yashirinib, omon qoladi. Abulfayzxon o‘limidan so‘ng (1747), Abdulmo‘minni Muhammad Rahim otaliq taxtga o‘tqizadi va o‘ziga kuyov qilib oladi. Buxoroda turgan eron shohi Nodirshohning ukasi Aliqulixon boshchiligidagi qo‘shin o‘z yurtiga jo‘natib yuborilgan. U taxtga o‘tqizilgan bo‘lsada amalda hokimyat butunlay mang‘itlar qo‘lida, ya`ni Muhammad Rahim qo‘lida bo‘lgan. Biroq oradan 4 yil o‘tgach, Muhammad Rahim kuyovi Abdulmo‘minni ham o‘ldirtirib, taxtga Abulfayzxonning kichik o‘g‘li Ubaydullaxon III ni o‘tqazadi (1751).
Просмотров: 759 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abulfayzxon ibn Subhonqulixon
(1695-1747)
(1711-1747)

Ubaydullaxonning inisi. Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. U hech qanday real hokimyatga ega emas, kundan-kunga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib borayotgan amirlar va zodagonlar qo‘lida bir ,,qo‘g‘irchoq” hukmdor edi, xolos.Uning davrida keyinchalik mang‘itlar davlatining tashkil topishiga sababchi bo‘lgan mang‘itlar qabilasidan kelib chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo‘lib olgan edi. U vaqtini ko‘ngulxushlik ishlariga sarflab, mayxo‘rlikka berilib ketdi. Uning yetti farzandi bor edi. Mast chog‘ida ularni o‘limga mahkum etdi. Hali go‘dak bo‘lgan Abdulmo‘mingina taxt ostiga yashirinib, omon qolgan. Xon deyarli davlat ishlarini nazorat qilmay qo‘ydi. Shu tariqa, Buxoroda xon hokimiyati barham topdi. Oliy hokimiyat amalda oliy qo‘shbegi bo‘lib olgan Jovshon qalmoq qo‘liga o‘tdi. Markaziy hokimyatning zaiflashuvi feudal tarqoqlikni yanada kuchaytirdi. Sama ... Читать дальше »
Просмотров: 873 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Ubaydullo Muhammad Bahodirxon ibn Subhonqulixon
(1681-yil - Buxoro - 1711-yil 16-mart)
(1702-1711)

Buxoro xoni, ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning o‘g‘li. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Biroq Buxoro ulamolari va qo‘shinning madadiga tayangan Ubaydullaxon II Buxoro taxtini egallaydi (1702-yil sentabr). Balx hokimi Muhammad Muqimxonning otalig‘i hisoblangan Mahmud qatag‘on (Mahmudbiy otaliq) Buxoroga bo‘ysunmaslikdan tashqari Qubodiyon (1703), Termiz (1704)ni ham Balxga qo‘shib olib, Balxni mustaqil deb e`lon qilgan. Beklarning saroy fitnasi natijasida Muhammad Muqimxon o‘ldirilgach (1707-yil mart), Ubaydullaxon II Balx ustiga katta qo‘shin bilan yurish qiladi va shaharni egallaydi (1707-yil 27 may).
Ubaydullaxon II murakkab sharoitda Buxoro xonligini boshqargan. Iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari ... Читать дальше »
Просмотров: 1286 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Subhonqulixon ibn Nadrmuhammadxon
(1625-yil, Buxoro - 1702-yil 14 -sentabr)
(1680-1702)

Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. 1651-80-yillarda Balx hokimi.Nadrmuhammadxon Buxoro xoni bo‘lgach, o‘gli Subhonqulixonni Soli Saroy shahri, so‘ngra Balx viloyati hokimi qilib tayinlaydi (1642). Ko‘p o‘tmay u bu lavozimdan olinib, Kaxmerdga hokim bo‘lgan. Subhonqulixonning akasi Abdulazizxon otasini hokimiyatdan chetlashtirib, Buxoro xoni bo‘lgach, Subhonqulixon Balxga – otasi huzuriga yo‘l olgan. Subhonqulixon Balx viloyatida mustahkam o‘rnashib olib, 1651-yilda Balx va Badaxshon hokimligini qo‘lga kiritgan. Subhonqulixon Buxorodan mustaqil siyosat yuritgan. 1658-yilda Abdulazizxonning piri Abdulg‘afforxo‘ja vositachiligida Buxoro va Balx o‘rtasida tinchlikka erishilib, Subhonqulixon akasi hokimiyatini rasmiy tan olgan. Muhammad Yusuf munshiyning yozishicha, 1680-yil 2-fevralda keksayib qolgan Abdulazizxon Subhonqulixonga Buxoro ... Читать дальше »
Просмотров: 882 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abdulazizxon ibn Nadrmuhammadxon
(1614- Balx -1681)
(1645-1680)

Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. Buxoro xoni Nadrmuhammadxonning o‘g‘li. 1626-yildan Xuttalon hokimi, 1630-yildan Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi, 1645-yilda bir guruh fitnachi amirlar otasi Nadrmuhammadxonning poytaxtda yo‘qligidan foydalanib Abdulazizni Buxoro xonligi taxtiga o‘tkazgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha hissa qo‘shgan. Buxoroda ko‘pgina muhtasham binolar qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi -1652-yilda qurilgan va b.).
Просмотров: 864 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Nodir Muhammadxon ibn Dinmuhammadxon ibn Jonibek sulton
(1592- taxm. 1651)
(1642-1645)

Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. 1606-1642-yillarda Buxoro hokimi bo‘lgan. Uning davrida mamlakatda ichki nizolar kuchayib, xatto farzandlari (12 ta og‘li) ham unga bo‘ysunmay qo‘ygan. Bunga uning o‘ta takabburligi, milk-mulkka o‘chligi, qaysarligi sabab bo‘lgan. Bu esa aholining umumiy noroziligini keltirib chiqargan. Bundan tashqari, Shimoldan ko‘chmanchilar mamlakat hududiga hujum qilib uni talon-taroj etmoqda edilar. Nadrmuhammadxon ularga qarshi o‘g‘li Abdulazizni yuboradi. Biroq Nadrmuhammadxondan norozi amirlar harbiy safar chog‘ida Abdulazizni xon deb e`lon qiladilar. Bundan habar topgan Nadrmuhammadxon Balxga ketishga majbur bo‘lgan va Boburiy Shohjahondan yordam berishni so‘ragan Shohjahon ikki o‘g‘li (Murodbaxsh va Avrangzeb) ni katta qo‘shin bilan Balxga jo‘natib, ularga viloyatni bosib olishni topshiradi. Boburiylarni ... Читать дальше »
Просмотров: 712 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Imomqulixon ibn Dinmuhammadxon
(1589-1650)
(1611-1642)

O‘zbek davlatchiligi tizimidagi ashtarxoniylar sulolasini boshqargan Buxoro xonligi hukmdori. Valimuhammadxon Erondan olib kelgan qo‘shinga qarshi Buxoro xalqining kurashiga rahbarlik qilib qozoqlar yordamida eronliklarni tor-mor keltirgan. So‘ngra 1611-yil Sirdaryoning quyi oqimidagi hududlarga yurish qilib isyonkor, qozoq, qalmoq, qoraqalpoqlarni bo‘ysuntirgan. Imomqulixon 1613-yil Toshkentni egallab o‘g‘li Iskandarni hokim etib tayinlagan. Ammo, shahar aholisi uning nojo‘ya xatti harakatlaridan norozi bo‘lib isyon ko‘tarib Iskandarni o‘ldirgan. Bundan g‘azablangan Imomqulixon Buxoro, Balx va Badaxshon viloyatlaridan qo‘shin yig‘ib kelib, Toshkent aholisini qirg‘in qilgan (Toshkent qirg‘ini). Buxoro xonligida ichki nizolar juda kuchli bo‘lgan. Toshkent, Balx, Samarqand viloyatlari ochiqdan-ochiq markaziy hokimiyatga qarsh siyosat yurgizishardi. Imomqulixon bu kurashl ... Читать дальше »
Просмотров: 1064 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Valimuhammad ibn Jonibek sulton
(?- 1611-y. 27-avgust)

Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni (1605-1611). Akasi Boqimuhammadxon davrida Balx noibi (1599-1605). Boqimuhammad vafotidan so‘ng Buxoro taxtiga o‘tqazilgan. Valimuhammadxondan so‘ng Balx hokimi bo‘lgan Nadrmuhammadxon boshliq mahalliy amaldorlar Imonqulixonni Buxoro taxtiga o‘tqazish uchun Valimuhammadxonga qarshi fitna uyushtirganlar. 1611-yilning bahorida Valimuhammadxon Imonquli va Nadrmuhammadxonlar bilan bo‘lgan kurashda yengilgach Imomqulixon Buxoro xoni deb e`lon qilingan. Valimuhammad esa ikki o‘g‘lini olib Eron shohi Abbos huzuriga qochib borgan. Amirlar Boqimuhammadxonning o‘g‘li Imomqulixonni taxtga o‘tqazganlar. Valimuhammad Abbos yordamida Movarounnahrni qaytarib olishga harakat qilgan. Tarixchi Muhammad Yusuf munshi ,,Tarixi Muqimxoniy” asarida yozishicha, shoh Abbos Imomqulixonga qarshi kurashish uchun Valimuhammadxonga 80 ming kishilik qizilboshlilar qo‘shin ... Читать дальше »
Просмотров: 656 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (1)

« 1 2 3 4 ... 7 8 »
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024