Суббота, 04.05.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 24
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Amiri Hamid, Abu Muhammad
(?- Buxoro - 954)
(943-954)

Somoniylar davlati amiri, amir Nasr II ibn Ahmadning o‘g‘li. Otasi 30 yil hukmronlik qilgach, tiriklik paytida taxtni unga topshirgan (943-yil 10-aprel). Buxoro qozisi, fiqh ilmining bilimdoni Abulfazl Marvaziy (946-yil vafot etgan) uning vaziri bo‘lgan. Nuh ibn Nasr mamlakatda keng yoyilgan qarmatiylar harakatini bartaraf etish choralarini ko‘rgan. Movarounnahrdagi bu harakat rahbari Muhammad ibn Ahmad Narshabiyni Buxoroda dorga ostirdi. Biroq Somoniylar davlatining moliyaviy ahvoli og‘irlashganligi uchun u soliq va turli turmushlarni ko‘paytirishga majbur bo‘lgan. Mamlakatda isyon va g‘alayonlar kuchaygan. Narshaxiyning yozishicha, hatto uning amakisi Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Iroqdan kelib, Nishopur amiri Abu Ali Sag‘oniy yordamida Buxoro taxtini egallab olgan (947). Oradan ko‘p o‘tmay Nuh ibn Nasr Samarqanddan qaytib, taxtni qaytarib olgach, markaziy hokimiyatga ... Читать дальше »
Просмотров: 935 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Nasr II ibn Ismoil Somoniy, Amiri Sa’id (Saodatlik)
(taxminan 906-943)
(914-943)

Somoniylar davlati hukmdori. Davlatni 8 yoshli Nasr ibn Ahmad nomidan vazir Jayhoniy boshqargan. Uning davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Uning hukmronligi davrida somoniylar davlati hududlarida karmatlar harakati ancha keskin tus oldi. Nasr ibn Ahmad shia mazhabini qabul qilganidan norozi bo‘lgan sunniy ruhoniylar turk gvardiyasi yordamida Nasr ibn Ahmadga qarshi fitna uyushtirishgan. Bundan xabar topgan Nasr ibn Ahmad fitnani fosh etib, o‘z o‘g‘li Nuh foydasiga taxtdan voz kechgan.
Просмотров: 900 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(? - 914)
(907-914)

Movarounnahrda hukmronlik qilgan somoniylar amiri. Amiri shahid. Uning davrida bir qancha qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Xususan amakisi Is’hoq ibn Ahmad Samarqandda, Ray va Seyiston hokimlari isyon ko‘tardilar. Bu isyonlar shafqatsizlik bilan bostirildi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi. Davlatni idora etishda arab tilini qayta tiklanishi ko‘pgina mahalliy zodagon va Turk g‘ulomlarining noroziligini uyg‘otdi. 914-yilda u Turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldiridi. Taxtga Ahmadning 8 yoshli o‘g‘li Nasr ibn Ahmad (914-943) o‘tirdi. Saroyning ruxsati bilan davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqargan.
Просмотров: 805 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Ismoil ibn Ahmad Somoniy
(849-yil, Farg‘ona – 907-yil, Buxoro)
(874-907)

O‘zbek davlatchiligi tizimida hukmronlik qilgan somoniylar sulolasining yirik vakili. Unga “amiri-moziy” - “dunyodan o‘tgan amir” degan laqabni berganlar. Abbosiy xalifa Mu`tamid (870-892) Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirishda yordam bergan sulola asoschisi Somonxudotning o‘g‘illaridan Nasr I ibn Ahmadni Movarounnahrga noibi (873-893), Ismoil Somoniyni esa Buxoroga hokim etib tayinlagan. Ammo aka-uka o‘rtasida ixtilof paydo bo‘lib, ular ikki bor o‘zaro urush qilgan. Birinchisi sulh bilan yakunlangan, ikkinchisida Ismoil Somoniy g‘olib kelganiga qaramay, akasining hokimiyatini tortib olmagan.
893-yil Nasr I vafot etgach, xalifa Mu‘tazid (892-902) Ismoil Somoniyni uning o‘rniga Movarounnahrga noib qilib tayinlagan. U shu yiliyoq Taroz shahrini egallagan, 899-yil xalifaning Xurosondagi noibi Amr ibn Lays qo‘shinini tor-mor keltirib, uning tasarruf ... Читать дальше »
Просмотров: 1177 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Nasr I ibn Asad Somoniy
(taxm. 848-893)
(865-892)

O‘zbek davlatchiligidagi somoniylar sulolasining boshlig‘i, Samarqand hokimi (865-892). Somoniylar davlati hukmdori. Nasr ibn Ahmad Norin daryosi bo‘yidagi Haylam qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Ahmad vafotidan (865-yil) keyin u Samarqandni markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, Naxshab (Qashqadaryo), Chag‘onrud (Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi. Tohiriylarning davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan o‘zgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo bo‘ladi. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan Buxoro ahli hatto safforiylarga tobe bo‘lishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar, undan Buxoroni o‘z qo‘l ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni so‘raydilar. Nasr bu takl ... Читать дальше »
Просмотров: 889 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Ahmad ibn Asad
(?-865)
(842-864)

817-yildan Farg‘ona va 842-yildan Samarqand amiri bo‘lgan. Somonxudotning nabirasi. Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni paytida Ahmad ibn Asad o‘z birodarlari Nuh, Yahyo va Ilyoslar bilan Sug‘dda qo‘zg‘olonni bostirishda xalifalikka katta yordam bergan. Buning evaziga xalifa Ma’munning ko‘rsatmasiga ko‘ra Xuroson hokimi G‘asson ibn Abbod (813-821) 817-yilda Ahmad ibn Asadni Farg‘onaga, akasi Nuh ibn Asadni esa Samarqandga, Choch va Ustrushonaga Yahyoni, Hirotga Ilyosni amir qilib tayinlaydi. Akasi Nuh vafotdan keyin (842) Ahmad ibn Asad Samarqand amiri bo‘lib qoldi. 875-yilda xalifa Mu’tamid (870-892) Ahmad ibn Asadning o‘g‘li Nasr ibn Ahmadni butun Movarounnahr amiri etib tayinlaydi. Ahmad o‘z nomidan mis chaqalar zarb etadi. Ahmad Somoniy asta-sekin Movarounnahrni o‘z oilasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. Tohiriylar Ahmadning bu faoliyatiga qarshilik ko‘rsata olmadilar.
Просмотров: 743 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(? - 842)
(819-842)

Somoniylardan bo‘lgan Samarqand hokimi. Tohiriylardan Abdulla ibn Tohir bilan birga xalifalikdan mustaqil siyosat yurgazishga intilgan, Istaxriy va Ibn Havqallarning yozishicha, xalifa Mu’tasim (833-842) bundan norozi bo‘lib Abdulla ibn Tohirga noma yuborib, uni koyigan. Abdulla bu xatni Samarqandga jo‘natgan. Nuh ibn Asad o‘zining javobida Movarounnahrda 300 ming qishloq borligini, har bir qishloq bitta sarboz va bitta navkar berishga qodir ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Bu bilan u xalifadan qo‘rqish kerak emasligi, chunki faqat Movarounnahrning o‘zigina 600 ming sarboz va navkardan iborat qo‘shin to‘play olishini bildirgan. Bu davrda ko‘chmanchi turkiy qabilalar Shoshga ko‘p hujum qilib turardi. Shosh Yah’yo ibn Asad ixtiyorida edi. Uning iltimosiga ko‘ra, Nuh ibn Asad 840-yil Isfijobning turkiy qabilalaridan bo‘lgan hokimiga qarshi qo‘shin tortgan. Bu urush Nuh ibn Asadning g‘alabasi bilan tugagan. Balozuriyning ... Читать дальше »
Просмотров: 646 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Milodiy IV asr boshida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh, afrig‘iylar sulolasi asoschisi. Qadimgi Xorazmdagi ko‘plab qal`alarning bunyod etilishi Afrig‘ nomi bilan bog‘liq. 305-yilda xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qal`asi ichida shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig‘iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo‘lib oladilar.
Просмотров: 747 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Siyovushiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm podshosi (mil. avv. IV asr). Farasman haqida uzuq-yuluq ma‘lumotlar saqlanib qolgan. Mil. avv. 328-yil Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurish chog‘ida Farasman 1500 kishilik otliq qo‘shini bilan Aleksandrning qarorgohi joylashgan Baqtra shahriga kelgan va u bilan ittifoqchilik bitimi tuzgan. Farasman Aleksandrga Shimoliy Qora dengiz sohillariga, u yerdan Kolxidaga birgalikda harbiy yurish uyushtirishni taklif qilgan, biroq uning loyihasi qabul qilinmagan.
Просмотров: 857 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

To'maris
(mil. avv. VI asr)

Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil. avv. V asr) asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. avv. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, To‘maris massagetlar qabilasining malikasi bo‘lgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo‘ylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris massagetlar podshosining xotini bo‘lib, u erining vafotidan so‘ng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qo‘shini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan. Dastlabki jangda To‘marisning o‘g‘li Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar g‘olib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yo‘li bilan Sparangiz va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz o‘zini o‘ldirgan. To‘maris o‘g‘lining halokatidan esankirab qolmay, o‘z xalqining manfaatini o‘ylab, Ki ... Читать дальше »
Просмотров: 1543 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 5 6 7 8 »
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024