Суббота, 18.05.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 24
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
(? - 1127)
(1097-1127)

Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Anushteginning o‘g‘li. Yoshligida Marvda yaxshi ta’lim olgan, ilmi adab va din ilmlarini o‘rgangan. Otasi vafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshoh unvonini olgan (1097). Anushteginiylar - xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida Qutbiddin Muhammaddan boshlanadi.
1100-yil saljuqiylar sultoni Barqiyoruq va ukasi Sanjar Dodbek Habashiy isyonini bostirgan. Sanjar Xurosonni qo‘lga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabida qoldirib tasdiqlagan. Qutbiddin Muhammad sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan, har yili ikki marotaba shaxsan sulton saroyiga borib turgan, Sanjar olib borgan janglarda o‘z qo‘shini bilan qatnashib, xiroj, o‘lponlarni o‘z vaqtida to‘lab turgan.
Qutbiddin Muhammad olimu fuzalolarga homiylik qilgan adolatli hukmdor bo‘lgan. Ju ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 767 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(?-1130)
(1102-1130)

Qoraxoniylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori. To‘liq ismi Muhammad ibn Sulaymon Dovud Kuchtegin ibn Tamg‘achxon Ibrohim. Barqiyoruq vassali Sulaymonteginning o‘g‘li. 1102-yil Samarqand taxtiga Arslonxon unvoni bilan o‘tqazilgan. 12 ming mamlukdan iborat qo‘shin tuzib Dashti Qipchoqqa bir necha bor harbiy yurishlar qilgan. Umrining oxirida falaj bo‘lib qolgani tufayli taxtni o‘g‘illari - dastlab Nasr, so‘ng Ahmad bilan boshqargan.
Samarqand saljuqiylar tomonidan egallangach (1130-yil 13-mart), Arslonxon Balxga jo‘natilgan va o‘sha yerda ko‘p o‘tmay vafot etgan. U Marvdagi o‘zi qurdirgan madrasaga dafn etilgan. Arslonxon davrida madaniy hayot birmuncha rivojlangan. Buxoro va uning viloyatida ko‘plab binolar qurilgan. Masalan, Jarqo‘rg‘on minorasi va Masjidi kalon yonidagi minora hozirgacha saqlangan.
Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 775 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Bo‘ritegin, Tamg‘achxon Ibrohim
(?-taxminan 1070)
(1040-1070)

Movarounnahrdagi G‘arbiy qoraxoniylar xoqonligi asoschisi. Qoraxoniylardan. Otasi Nasr ibn Ali. Iloq hokimi (1017-1021). U yerda Bo‘ritegin, amir va malik unvonlari bilan tangalar zarb ettirgan. Qoraxoniy beklaridan Alitegin turkmanlar yordamida Movarounnahrni bosib olgan paytda (1025) Ibrohim ibn Nasr uning farzandlari qo‘liga asir tushgan. 1037 yilda asirlikdan qochib Xo‘jandni egallagan. Biroq, akasi, Farg‘ona hukmdori Muhammad bilan chiqisha olmay, janubga yo‘l oldi va 1038-yilda Amudaryo bo‘yi viloyatlari Xuttalon, Vaxsh va Chag‘oniyonni bosib oldi. U yerda kuch to‘plab Movarounnahrni markaziy hududlariga bostirib kirgan va Kesh, Samarqandni egallagan(1040). Ko‘p vaqt o‘tmay u Movarounnahrni va Farg‘onani o‘ziga bo‘ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi: Biri poytaxti Bolosog‘unda bo‘lgan Sh ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 981 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(?–1035)
(1025-1034)

Movarounnahr ilikxoni. Qoraxoniylardan. Movarounnahrni samoniylardan tortib olishda ishtirok etgan (999-1012). Nasr ibn Ali vafoti (1013)dan so‘ng taxt uchun kurash chog‘ida arslonxonlardan Muhammad ibn Ali tomonidan asir olingan. Taxminan 1025-yilda asirlikdan qochib Buxoroni egallagan va saljuqiylardan Arslon ibn Saljuq bilan ittifoq tuzgan. Aliteginga qarshi ilikxon Mansur ibn Ali qo‘shin tortib kelgan, biroq mag‘lubiyatga uchragan. Shundan so‘ng Alitegin Mavorounnahrni markaziy qismi (Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo vodiysi) ilikxoni bo‘lgan. Aliteginga qarshi Mahmud G‘aznaviy va qoraxoniylarning Sharqiy Turkistondagi xoqoni Qodirxon Yusuf harbiy ittifoq tuzib (1025) Samarqand yaqinida Alitegin qo‘shini bilan to‘qnashgan. Alitegin Samarqand va Buxoroni tashlab cho‘lga chekingan, xotini va qizi raqiblari qo‘liga asir tushgan. Biroq Mahmud G‘azn ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 640 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Nasr Eloqxon
(?-1012, O‘zgan)
(999-1012)

Movarounnahr ilik xoni. Qoraxoniylardan. Hokimiyat tepasida rasman hukmdor akasi Ahmad ibn Ali Arslonxon edi. 996-yilda qoraxoniylarning Movarounnahrga hujum qilganida boshchilik qilgan. Buxoroni egallash bilan Movarounnahrning bosib olinishini nihoyasiga yetkazgan (999-yil oktabr). Somoniylar amiri Abdumalik ibn Nuh va uning qarindosh-urug‘larini asir qilib, O‘zgandagi zindonga tashlangan. Shu tariqa qudratli bo‘lgan somoniylar sulolasi qulagan. 1000-1005-yillarda ilik Nuh ibn Ali somoniylar hokimiyatini tiklashga harakat qilgan Muntasirga qarshi kurashgan va g‘alaba qilgan. 1000-yil Mahmud G‘aznaviy Nuh ibn Ali bilan o‘z yerlari o‘rtasidagi chegaralarni belgilash to‘g‘risida bitim tuzgan, unga ko‘ra, Amudaryo asosiy chegara qilib belgilangan. Natijada somoniylar davlati o‘rnida ikkita yangi davlat tashkil topgan: birinchisi – Qashqardan Amudaryogacha cho‘zilgan, Sharqiy Turkistonn ... Читать дальше »
Просмотров: 998 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Amiri Muntasir
(? - 1005)
(1000-1005)

Somoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan somoniylar amiri. Sulolaning oxirgi hukmdori Abdulmalik ibn Nuh (999-1000)ning birodari. Qoraxoniylarga qarshi muvaffaqiyatsiz kurash olib boradi. Somoniylarning so‘nggi vakili bo‘lgan Muntasir somoniylarning avvalgi shon-shuhratini tiklay olmaydi. Muntasir Sulton Mahmudning noibi Mahruyning buyrug‘i bilan o‘ldiriladi. Al-Utbining yozishicha, bu voqea 1005-yilning boshlarida ro‘y beradi va u Maymurg‘ qishlog‘ida ko‘miladi.
Просмотров: 979 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abu Horis
(?-999)
(997-999)

Somoniylar amiri. Uning davrida mamlakatda parokandalik, ichki nizolar (Mansur bilan lashkarboshilar o‘rtasida) tashqi xafv (qoraxoniylarning hujumlari) kuchaygan. Ayniqsa, qoraxoniylar tomoniga o‘tgan xoin lashkarboshilardan Foyiq saroyga nisbatan uyushtirgan fitnalarda faol qatnashadi. 999-yilning fevralida Foyiq turk g‘ulomlariga suyangan holda Mansurni taxtdan ag‘darib, ko‘zini ko‘r qiladi. Taxtga Mansurning ukasi Abdumalik ibn Nuhni o‘tkazishdi. Bu kuchsizlanib qolgan somoniylar sulolasiga payt poylab berilgan kuchli zarba edi. Mahmud G‘aznaviy 999-yilning may oyida Mansur uchun o‘ch olish shiori ostida Movarounnahrga qarshi qo‘shin tortdi. U somoniylar qo‘shinini tor-mor qilib katta o‘ljalar bilan G‘aznaga qaytdi. Jang oqibatida Xuroson Mahmud G‘aznaviy qo‘liga o‘tadi. Yuzaga kelgan bu vaziyatdan qoraxoniylar hukmdori Elik Nasr ham foydalanishga harakat qilgan. Shu yili Movarounnahr qorax ... Читать дальше »
Просмотров: 870 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Amiri Rashid
(963 - Buxoro - 997)
(976-997)

Somoniylar davlatining amiri, amir Mansur ibn Nuhning o‘g‘li. Otasining vafotidan so‘ng taxtga o‘tirdi (976-yil 26-sentabr). Siyosiy va harbiy sohada islohotlar o‘tkazgan. Muhammad ibn Abdulloh ibn Aziz vazir, Abulhasan Simjuriy sipohsolor (bosh qo‘mondon) bo‘ldi. Siyosiy jarayonlarda turk lashkarboshilarining mavqei kuchaygan. Nuh ibn Mansurning lashkarboshisi Foyiq Raboti Malik yaqinida bo‘lgan jangda ataylab yengilgan va qoraxoniylar hukmdori Bug‘roxon (Horun ibn Muso) Buxoroni urushsiz ishg‘ol qilgan (992). Biroq, Bug‘roxon kasallik tufayli Qashqarga qaytib ketayotganda yo‘lda vafot etgan (992). Nuh ibn Mansur Amul (Chorjo‘y)dan qaytib, Buxoroni qayta egallagan. Bu paytda Somoniylar davlatiga qarashli Xuroson Abu Ali Simjuriy (Abulhasan Simjuriyning o‘g‘li) va Foyiq, G‘azna va Hirot viloyatlari Sabuktegin qo‘lida bo‘lgan. Nuh ibn Mansur bilan Sabuktegin o‘rtasida Kesh va Nax ... Читать дальше »
Просмотров: 744 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Abu Solih, Amiri Sadid
(?-976)
(961-976)

Somoniylar davlatini boshqargan hukmdor. As-Sadid (“dono”, “tadbirkor”) laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida bir qator tadbirlarni oshirgan. Bu ishda unga vazirlari Bal’amiy va Utbiylar yordam bergan. Buvayhiylar, Ziyoriylar bilan kurash olib borgan. Buvayhiylar ustidan qozongan g‘alabasi uning shuhratini oshirgan. Uning topshirig‘iga ko‘ra, Bal’amiy Tabariyning “Tarix ul-anbiy va-l-r-rusul va-l-mulk va-lxulafo” (“Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi”) nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan va boyitgan
Просмотров: 739 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Amiri Rashid
(944-961)
 (954-961)

Somoniylar amiri. Otasi Nuh ibn Nasr vafot etgach 10 yoshida taxtga o‘tirgan. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush Abdumalik ibn Nuh davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abdumalik ibn Nuh davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland bo‘lgan. Masalan, hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obro‘si oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlamoqchi bo‘lgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. Abdumalik ibn Nuh chavgon o‘ynab, otdan yiqilib halok bo‘lgan.
Просмотров: 851 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 4 5 6 7 8 »
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024