Суббота, 18.05.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 24
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Muhammad Tarag‘ay
(1394-yil 22-mart, Sultoniya shahri, Eron Ozarbayjoni - 1449-yil 27-oktabr, Samarqand)
(1409-1449)

Ulug‘bek o‘zbek xalqi tarixida buyuk astronom va matematik, davlat arbobi sifatida iz qoldirgan. Shohruxning o‘g‘li, Amir Temurning nabirasidir Sohibqironning “besh yillik yurish”ida (1392-96) Iroqdagi Mordin qal’asini qamal qilish chog‘ida tug‘ilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib Ulug‘bekning tug‘ilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor bo‘lishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qal’asi qamalini to‘xtatib, uning xalqiga yuklangan to‘lovni bekor qiladi. Uning o‘z nabirasiga Muhammad Tarag‘ay va Ulug‘bek deb ism qo‘yganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bog‘lash mumkin. Amir Temur Ulug‘bek tarbiyasiga ... Читать дальше »
Просмотров: 1250 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Amirzoda Shohrux, Mirzo Shohrux, Shohrux mirzo, Xoqoni sa’id, Abu Nasr Shohrux bahodir sulton
(1377-yil 20-avgust, Samarqand – 1447-yil 19-mart, Ray)

Amir Temurning 4-o‘g‘li, Temuriylar hukmdori. Yoshlik yillari Samarqandda o‘tgan, shu yerda dunyoviy va diniy ta’lim olgan. Amir Temur 1390-91-yillar Dashti Qipchoqqa va 1392-yil harbiy mamlakatlarga 5 yillik yurishlari chog‘ida Shohruxni mamlakatni boshqarishga tayinlab qoldirgan. Ko‘p o‘tmay, Amir Temur Shohruxni o‘z yoniga chaqirib oladi va 17 yoshli Shohrux jangovar harakatlarda qatnasha boshlaydi. Amir Temur uni lashkarning mang‘lay va juvang‘ar qismlariga tayinlaydi, keyinroq esa, Samarqandga qaytarib, poytaxtni boshqarib turishni topshiradi. Amir Temur 1396-yil Shohruxga Xuroson o‘lkasini suyurg‘ol qiladi va tegishli qo‘shin hamda elat bilan birga uni o‘z mulkiga jo‘natadi. Shohrux Amir Temurning 7 yillik yurishi ... Читать дальше »
Просмотров: 1098 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(1384–1411)
(1405-1409)

Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori. Amir Temurning nabirasi. Mironshohning o‘g‘li. Saroy Mulkxonim (Bibixonim) tarbiya qilgan. 15 yoshli Xalil Sulton Sohibqironning Hindistonga qilgan yurishida (1399-1400) qatnashib jasorat ko‘rsatgan. Quyi tabaqadan chiqqan Shodimulkka uylanishi bilan Amir Termurning g‘azabiga uchragan, so‘ng kechirilgan. Sohibqironning Xitoyga qilgan yurishida Xalil Sulton qo‘shinning o‘ng qanoti boshlig‘i etib tayinlangan. Amir Temurning vasiyatiga muvofiq Pirmuhammadni taxtga o‘tqizish tarafdorlari kuchli bo‘lsa-da, biroq 1405-yilning 18-martida Samarqandni egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e`lon qilgan. U garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida Sohibqironning nufuzi a`yon va kiborlaridan ma`lum qismini o‘z tarafiga og‘dirib Movarounnahr taxtini egallab olgan bo‘lsa-da, ammo ko‘p vaqt o‘tmay u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarn ... Читать дальше »
Просмотров: 810 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Temur, Temurbek
[1336-yil 9-aprel Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani) - 1405-yil 18-fevral O‘tror shahri, Samarqandda dafn etilgan]
(1370-1405)

To‘liq ismi Amir Temur ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burqul bo‘lgan bu buyuk tarixiy shaxs o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli va markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysidir. Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa adabiyotida Tamerlan nomlari bilan ta`riflanadi. Amir Temurning onasi Takinaxotun buxorolik mashhur faqih Toj ash-sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Ubaydulla ibn Mas`udning avlodi (1350-yil vafot etgan) edi. Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqolilaridan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining e`tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari esa Chig‘atoy saroyi mulozimlari qatoridan o‘rin tutgan. Ular Kesh va Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega ... Читать дальше »
Просмотров: 1412 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad
(1198-1231)
(1220-1231)

Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadning katta o‘g‘li. Onasi – Oychechak turkman kanizaklaridan bo‘lgan. Jaloliddin burnida holi (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlangan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat`iy noroziligi sababli Qutbiddin O‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qadimgi Irg‘is daryosi bo‘yidagi jang).
Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounna ... Читать дальше »
Просмотров: 1396 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Muhammad II Alouddin, Alouddin Muhammad
 (taxm. 1182-1220-yil dekabr)
(1200-1220)

Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazmshohlar davlati hukmdori. To‘liq ismi Qutbiddin Muhammad ibn Takash ibn Elarslon ibn Anushtegin. Otasi – Takash xorazmshoh, onasi Turkon xotun qipchoq xoni Jonkishining qizi. Muhammad 1193-yil dekabrda otasi tomonidan Nishopur shahriga voliy (hokim) qilib tayinlangan.
Muhammad davrida saltanat ham hududiy, ham kuch-qudrat jihatidan o‘zining yuksak cho‘qqisiga yetgan. Muhammad davrida Xorazmshohlar davlati shimolda Orol, g‘arbda Kaspiy dengizigacha, janubda Iroq va G‘aznagacha, sharqda Yettisuvgacha kengaygan. U mamlakatni kengaytirish siyosatini olib boradi. Dastavval u Hirot va uning atroflari hamda Xurosonning Xorazm davlati tasarrufiga kiritilmagan viloyatlarini zabt qilishga kirishadi. Ayniqsa, u qoraxoniylarga zarba berib, Movarounnahrni ular qo‘lidan tortib olishga harakat qiladi.
1 ... Читать дальше »
Просмотров: 2175 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Alouddin Muhammad Xorazmshoh
 (taxm. 1152-1200-yil 3-iyul)
(1172-1200)


Xorazmshohlar davlatida hukmronlik qilgan anushteginiylar sulolasi vakili. To‘liq ismi Alouddin Takash ibn Elarslon ibn Otsiz ibn Anushtegin.
Takash otasi Elarslon vafoti arafasida Jand viloyati voliysi bo‘lib turgan. Shuning uchun Elarslon kenja o‘g‘li Sultonshohni valiahd qilib tayinlaydi va Sultonshoh taxtga o‘tirgan (1172-yil). Takash Sultonshohni tan olmasligini aytgach, Sultonshoh unga qarshi onasi maslahati bilan qo‘shin jo‘natgan. Takash esa qoraxitoylar malikasi Chen Tiyon (1164-1177-yillar)ga har yili o‘lpon to‘lab turishi haqida va’da berib, o‘gay ukasi Sultonshoh bilan kurashish uchun harbiy yordam so‘ragan va undan olgan qo‘shin bilan Gurganch (Ko‘hna Urganch)ga yurish qilgan. Sultonshoh va onasi Turkon xotun Xurosonga qochgan. Gurganchni qo‘lga kiritgach, Takash 1172-yil 11-dekabrda xalqning madadi bilan rasman Xorazm taxtiga o‘tirgan. Lekin, ukasi ... Читать дальше »
Просмотров: 1070 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Sultonshoh Mahmud, Jaloliddin Mahmud Sultonshoh
(? – 1193-yil, 19-sentyabr)
(1172-1193)

Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazmshohlar davlati shahzodasi. Elarslon va Turkon xotunning kenja o‘g‘li. Sultonshohning akasi Takash Jand viloyatida voliy bo‘lib turgani uchun otasi o‘limi oldidan Sultonshohni valiahd etib tayinlagan. Ammo, davlat va harbiy ishlarga uning onasi Turkon xotun bosh bo‘lgan. Takash Sultonshohga bo‘ysunishdan bosh tortgan, u qoraxitoylar yordamida Gurganjga qo‘shin tortgan. Sultonshoh onasi bilan Nishopurga qochib borib, Muayyid ad-davla Oy-Abo huzuridan panoh topgan.
1172-yil 11-dekabrda Takash rasman Xorazm taxtiga o‘tirgan, biroq Sultonshoh bilan Takash o‘rtasidagi kurash yana 20 yil davom etgan. Sultonshoh Xurosondagi bir qancha viloyat, shaharlarni egallab, Marv shahrini o‘ziga qarorgoh qilgan. U Takashga qarshi kurashda goh qoraxitoylardan, goh quriylardan ko‘mak olib turgan.
Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 772 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

(?-1172-yil 17-mart)
(1156-1172)

Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazmshohlar davlati hukmdori. Otsiz xorazmshohning o‘g‘li. Elarslon avval, saljuqiylar sultoni Sanjarga itoat etishini bildirib, noma va sovg‘a-salomlar yuborgan. Sulton Sanjar Elarslonni xorazmshoh deb e’tirof qilgan. Sulton Sanjar vafotidan so‘ng saljuqiylar taxti uchun kurash avj olgan. 1163-yil Elarslon saljuqiylar amirlari ichida eng kuchlisi Muayyid Oy-Aboga qarshi Nishopurga yurish qilgan, shaharni uzoq vaqt qamal qilib ololmagan, sulh tuzib Xorazmga qaytgan. Elarslon qo‘shinlari Dehistonni egallagan. 1166-yil Elarslon yana Nishopurga qarshi otlangan. Bistom yaqinidagi jangda birlashgan saljuqlar va Otabek Eldegiz qo‘shini bilan Elarslon qo‘shini o‘rtasida jang bo‘lib o‘tgan. Har ikki taraf biron natijaga erishmagan. Ammo xorazmshoh qo‘shinlarning bir qismini Bayhaq va Sabzavor shaharlariga jo‘natib, ularni egallagan (1167-yil may). Elarslon Nishopurni zabt ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 841 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

Otsiz ibn Qutbiddin Muhammad ibn Anushtegin
(1097-1156)
(1128-1256)

Anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm hukmdori. Otasi vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan, saljuqiylar sultoni Sanjarning vassali bo‘lgan. Lekin u Xorazmni mustaqil davlatga aylantirishga intilgan. Otsiz Sanjarning ruxsatisiz avvalo Jand va Mang‘ishloqni egallab va Turkistonning ichkari tumanlariga yurish qilish bilan o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgan. Shundan so‘ng u o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan, Biroq 1138-yil Hazorasp yaqinida Sanjar qo‘shini tomonidan mag‘lubiyatga uchrab, mamlakatdan quvg‘in qilingan. Sanjar o‘zining jiyani Sulaymon bin Muhammadni xorazmshoh etib tayinlagan, lekin kelasi yili Otsizni Xorazm aholisi chaqirib olgan, shahzoda esa quvib yuborilgan. 1141-yil mayda Otsiz Sanjarga tobelik izhor etib, umrbod unga sadoqat bilan xizmat qilishga qasam ichgan, lekin bir necha oydan so‘ng Sanjar qoraxitoylardan yengilgach (1141-yil 9-senta ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Просмотров: 839 | Добавил: RustaM | Дата: 14.08.2009 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 6 7 8 »
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024