Abdulazizxon ibn Nadrmuhammadxon (1614- Balx -1681) (1645-1680)
Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. Buxoro xoni Nadrmuhammadxonning o‘g‘li. 1626-yildan Xuttalon hokimi, 1630-yildan Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi, 1645-yilda bir guruh fitnachi amirlar otasi Nadrmuhammadxonning poytaxtda yo‘qligidan foydalanib Abdulazizni Buxoro xonligi taxtiga o‘tkazgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha hissa qo‘shgan. Buxoroda ko‘pgina muhtasham binolar qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi -1652-yilda qurilgan va b.).