Abdulatifxon ibn Ko‘chkunchixon (?-1551-y aprel/may) (1540-1551)
Samarqand xoni bo‘lgan shayboniy hukmdor. U Ubaydullaxon va Baroqxon bilan birgalikda Xorazmni egallagan (1537-38-y.). 1541-yil Samarqandni Buxoro xonligidan mustaqil deb e`lon qilib mamlakatda ikki hokimiyatchilik vujudga kelishiga yo‘l qo‘ygan (1540-50-y.). Baroqxon bilan birgalikda Karmanaga yurish qilgan. Ammo Karmana hokomi Abdullaxon II bu hujumni qaytargan.Shariat jonkuyari bu xonning yaxshi hislatlari va ko‘pgina taxsinga sazovor ishlari bor edi. U o‘z xalqiga yomonlikni ravo ko‘rmadi, ba`mani qiliqlarni batamom tiyildi va ziyofatlarni olim – fozillarsiz o‘tkazmadi. Uning davrida Samarqand shahri gullab yashnadi. Uning bog‘lari Eram bog‘laridan ham go‘zalroq deb ta`riflanardi. Abdullatifxon o‘z qarindoshlari orasida ustun va shuhrati baland edi. Tarix fanini yaxshi bilar, ilm-ma`rifatlardan xabardor edi. Kecha-yu kunduzini teng soatlarga bo‘libhar bir soatida munosib shu bajarar edi. Kuchli hofizlari bor edi. Gohida shoirlar va fozillar bilan suhbat qurar edi. O‘zi esa she`r yozish bilan kam shug‘ullangan bo‘lsada, ammo ,,Xush” taxallusi bilan she`r yozgan.Abdullatifning topshirig‘iga binoan Ma`sud ibn Usmon Ko‘histoniy “Tarixi Abulxayrxoniy” nomli asar yozadi. Bu asar Ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga olgan Abulxayrxonga bag‘ishlanadi. Abdullatifxon 1551-yilda may oyida vafot etadi. Undan Abdol Sulton va Gadoyxon ismli o‘g‘illar qolgan. Qabri Ko‘chkunchixon madrasasi (Samarqand)da.