Понедельник, 25.11.2024
Мой сайт
Меню сайта
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 25
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2009 » Август » 14 » Amir Nasrullo
Amir Nasrullo
11:35
Nasrulloxon ibn Amir Haydar
(1806-yil 1-iyun – 1860-yil 21-sentabr)
(1826-1860)

Mangi‘tlar sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri. Otasi Amir Haydar hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. 1826-yili Amir Haydar vafot etgach bir necha oy mobaynida Nasrulloning ikki akasi - Husayn va Umar almashinildi. Birinchisi zaharlandi, ikkinchisi esa o‘ldirildi. Shu yili (1826) Amir Haydarning uchinchi o‘g‘li shavqatsizligi uchun “Amiri qassob” laqabini olgan Nasrulloxon taxtga o‘tirdi. Akalari o‘limidan keyin taxtga o‘tirgan Nasrulloxon qisqa vaqt ichida taxtga da‘vo qilishi mumkin bo‘lgan avlodlaridan barchasining bahridan o‘tadi. U qo‘shinlariga tayangan holda o‘zbek feodal zodogonlarini beayov qira boshladi. U yer egalarining mol-mulki va yerlarini musodara, o‘zlarini badarg‘a qilib, o‘ldirtirib yubordi. Bu borada uning eng yaqin yordamchisi rais Rahmonbedi Niyoz edi. Nasrulloxon o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalari amal qilgan. Nasrulloxon jasur va dovyurak kishi bo‘lganligi bois unga “Bahodir, Botir” unvonlari berilgan. Nasrulloxon davlat hokimyatini mustahkamlash maqsadida urug‘ va qavm boshliqlari bo‘lgan ko‘plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va g‘ayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837-yilda harbiy sohada islohatlar o‘tkazib, o‘z qo‘shining jangavor holatini yaxshilaydi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar buluklari va 250 kishilik to‘pchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qo‘shining soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan. Nasrulloxon Xiva va Qo‘qon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishda urungan. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun 1840-42-yillari Qo‘qon xonlari tomonidan tortib olingan Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytardi. Farg‘ona vodiysi ulamolarining talabi bilan 1842-yili Qo‘qonga yurish qilib xonlik hududini egallagan. Biroq u Qo‘qon xoni Muhammad Alixonni qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi (Nodirabegim)ni ham o‘ldiradi. Nasrulloxon tomonidan Qo‘qonga Ibrohim parvonachi mang‘itning noib qilib qoldirilishi salbiy oqibatlarga ham olib kelgan. Noib mahalliy aholiga zulm o‘tkazib, soliqlarni ko‘paytirdi. Natijada, tez orada Qo‘qon qo‘ldan ketadi. 1843-yilda Nasrulloxon Marvni ham Buxoroga bo‘ysuntiradi. Shuningdek, Nasrulloxon qo‘shini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan so‘ng 1856-yilda Shahrisabzni uzil-kesil egallagan. Shahrisabz markaziy hokimyatga bo‘ysungach, u sulh ramzi sifatida mahalliy hukmdor - Iskandar Vallomaning sinlisi Kenagasxonimga uylangan.
Nasrulloxon hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya Angliya manfaatlari o‘zaro to‘qnashgan davr hisoblanadi. Uning davrida Nasrullon tomonidan Buxoroda Qozi Hasanxo‘ja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Ismoilxo‘ja (1829), Ali Chubin, Mirzo Abdulg‘affor, Tojiddin madrasalari (1860) qurildi. Xalifa Xudaydod me`moray majmuasi yakunlandi(1855). Nasrulloxon Buxoroda dafn etilgan.
Просмотров: 1473 | Добавил: RustaM | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа
Поиск
Календарь
«  Август 2009  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024