Assalomu alaykum aziz dindoshim! Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz. Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin! Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin! Ayyom muborak!
Ramazon taqvimi (Hijriy 1430/2009) | Ramazon sog‘inchi | Taqvo yo‘li | Ro‘za arkonlari | Ro‘zaning sunnatlari | Ramazonning ilk kunida | Iftorlik fazilati | Ro‘zaning makruhlari | Ro‘zani buzadigan amallar | Ro‘za kimlarga farz emas? | Ro‘zador uchun joiz ishlar | Ramazon hadislari | Xatolarimizni o‘nglaylik
|
|
|
|
ILOHIY AMR: Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingan kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi kasal yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi. Baqara, 183-184 |
|
|
|
|
RAMAZON SOG‘INCHI
Bandalarini yo‘qdan bor etib, hisobsiz ne’matlarga burkagan, yaxshilik ila tanishtirib, yomonliklardan qaytargan, gunoh va xatolardan poklaguvchi ibodatlarni tayin etgan parvardigorimiz Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Ummatlari uchun qayg‘urgan, ularga hidoyat yo‘lini ochiq-oydin va mukammal qilib ko‘rsatib, jannat sari chorlagan payg‘ambarimiz Muhammadga salovot va salomlar yog‘ilsin. Assalomu alaykum, aziz birodarlar! Kutlug‘ kunlar ostonasida Siz bilan uchrashib turganimiz Parvardigorimizning bizga bo‘lgan yana bir marhamatidir. Mana, hayotimizga ma’no-mazmun bag‘ishlab, qalblarimizga sayqal-salohiyat berib, dillarimizdagi g‘illu g‘ashliklarni haydab, vujudlarimizdagi gunoh-isyon dog‘larini yuvib, yana Ramazan kelayotir! Marhabo, qutlug oy, marhabo! Ramazonni uzoq sog‘indik, o‘n bir oy (!) intizor kutdik. O‘tgan yilgi ramazonning ortidanoq, uyg‘ongan edi bu sog‘inchimiz. To‘g‘ri, orada uni bir oz unutdik, dunyo xavaslarimi-ey, turmush tashvishlarimi-ey, bizni chalg‘itdi. Lekin mehribon Parvardigorimiz bugun bizni yana unga yetkazdi. Ramazonning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat, so‘ngi do‘zaxdan najotdir. Yana unda ming oydan yaxshiroq kecha bor, kutlug‘ oyning kutlug‘ kechasi. Qiyomatda butun boshli asrlar u kechaning poyida bosh egajak, tarozida tortiladigan minglab oylardan u og‘ir kelajak. Ana shunday barakotli oy bizning ramazon! Aziz birodarlar, ramazon Parvardigorimizning bizga bergan ulug‘ ne’mati, jannatni qozonib qolish fursatidir. Tan olmog‘imiz kerakki, qalblarimiz anchadan beri g‘uborli, bir-birlarimizga nisbatan kibrli, uzrli-uzrsiz xatolarimiz ko‘p. Bu holatda Parvardigorimizning huzuriga rihlat etishdan Allohimizning o‘zi saqlasin. Rabbimiz qiyomatda bizning bunday uyatli savolda turishimizga hech qachon rozi emas. Shuning uchun ham Alloh taolo bizga ramazonday ulug‘r ne’matni ato etgandir. Asl mohiyatni yaxshi anglamog‘imiz kerakki, ramazon ozish, tanani epaqaga solish, ziyofatxo‘rlik yoxud yana bir balolar oyi emasdir. Balki u ibodatga sho‘ng‘iydigan, Allohga yaqinlashadigan savoblarni ko‘paytiradigan, bir so‘z bilan aytganda, do‘zaxdan najot topadigan oydir.
|
|
|
|
HADISI SHARIF: Sizlarga muborak ramazan oyi keldi. Alloh uning ro‘zasini sizlarga farz qildi Bu oyda jannat darvozalari ochilib, jahannam darvozalari yopiladi, shaytonlar zanjirband qilinadi Bu oyda bir kecha borki, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum qolsa, (ko‘p narsadan) mahrum bo‘libdi. Imom Ahmad va Imom Nasoiy rivoyatlari. |
|
|
|
|
Nabiy alayhissalom bir juma kuni xutba qilish uchun minbarga ko‘tarilayotib, uch marta «amiyn» dedilar. Xutba tugagach, sahobalar buning boisini so‘rashdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jabroil alayhissalom kelib: «Ota-onasining yoki ulardan bittasining hayotligida roziligini olib, jannati bo‘lmagan kishi xor bo‘lsin!» degan edi, men: «Amiyn (Allohim, ijobat qil)», dedim. So‘ng: «Ramazon oyida nafsini isloh qilib, Allohga yaxshi banda bo‘lolmagan kishi ham xor bo‘lsin!» dedi. Men yana: «Amiyn», dedim. Keyin Jabroil: «Muhammad Allohning elchisidir, deyilganda, sizga salovot aytmagan kishi ham xor bo‘lsin!» degan edi, tag‘in: «Amiyn», dedim». Xullas, sog‘inib kutganimiz ramazon keldi, ammo u juda oz fursat, hademay, o‘tib ketadi. Jabroil alayhisalom aytganidek, shu oyda nafsimizni isloh etolmasak, Rabbimizga yakin bo‘lolmasak, yaxshi bandalar sirasidan joy ololmasak, boshqa hech qachon bu ishning uddasidan chiqolmaymiz. Jannatni qozonib, do‘zaxdan najot topishning eng katta imkoniyati ham shu oydir. Ramazonga bo‘lgan sog‘inchimiz hammamizni jannatlarga boshlasin. Amiyn, yo Robbal alamiyn.
“Hilol taqvimi” tahririyati
|
|
|
|
HADISI QUDSIY: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohi alayhi va sallam aytdilar: Alloh taolo dedi: “Odam farzandining qilgan har bir amali o‘zi uchun. Ro‘za esa Men uchun va uning mukofotini O‘zim beraman». Imom Ahmad, Imom Muslim va Imom Nasoiy rivoyatlari. |
|
|
|
|
TAQVO YO‘LI
Yilda bir marta ramazon oyida ro‘za tutish har bir og‘il, bolig‘ musulmonga farz qilingan ibodatdir. Bu ibodatning tartibi va shartlari Qur’oni karimda va Payg‘ambarimiz hadislarida batafsil bayon etilgan. Ammo ro‘za faqat yeb-ichish va jinsiy aloqadan tiyili?dangina iborag emasligini aksar kishilar bilishmaydi yoki bilishsa ham, e’tibor qilishmaydi. Jumla maxluqotning egasi Alloh taolo hakim Zot. Uning zo‘r bir amrida sonsiz hikmatlar yashirin. «Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingaii kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilipdi» (Baqara, 183), deya Alloh taolo ro‘zaning farzligini mo‘minning taqvosiga qayd qilgandir. Demak, sahardan to kechgacha och, tashna yurishdan ko‘zlangan maqsad — taqvo. Agar shu maqsad amalga oshmasa, banda Payg‘ambarimizning tanbehiga uchragan ro‘zadorlar jumlasidan bo‘lib qolishi shubhasiz: «Qancha ro‘zadorlar borki, ularning ro‘zasi ochlik va tashnalikdan boshqa narsa emas» (Nasoiy rivoyati). Ayni hikmatga ko‘ra, salaf olimlarimiz ro‘zaning uchta darajasini farqlashgan: qorinni va jinsiy a’zoni shahvatdan tiyish; quloq, ko‘z, til, qo‘l, oyoq va boshqa a’zolarni gunohdan tiyish; qalbni Allohdan o‘zga barcha narsadan tiyish. Mo‘minning taqvosi mazkur darajalar bilan belgilanadi. «qalb ro‘zasi», ya’ni qalbning faqat Alloh bilan band bo‘lib, Undan o‘zga barcha narsadan tiyilishi o‘ta mushkul ish. Bu maqom payg‘ambarlar, siddiqlar, Allohga muqarrab bandalarning martabasi.
|
|
|
|
HIKMAT: Allohga sevimli ishlar uchta: Qasos olishga qodir bo‘laturib kechirish, g‘azabi kelganda o‘zini bosish, Allohning bandalariga muloiim bo‘lish. Kim Allohning bandalariga muloyim bo‘lsa unga ham muloyim bo‘linadi. Umar ibn Abdulaziz |
|
|
|
|
«Solihlarning ro‘zasi a’zolarni gunohlardan tiyishdir», deydi Imom G‘azzoliy. Banda sahar chog‘i pok qalb bilan ro‘zani niyat qilib, kuni bilan och yursa-yu, ko‘zlari ko‘chada «olma tersa» — nomahramlarga qarasa, tillari lag‘v, yolg‘on, chaqimchilik, dilozorlikdan tiyilmasa, quloqlari g‘iybat tinglasa, qo‘llari zulmga chog‘lanib, oyoqlari harom sari yursa, bunday ro‘zadorni solih deb bo‘ladimi? Iftordan to tong yorishguncha qornini anvoi taomlarga to‘ldirib, ibodatlarga erinchoqlik qilib turganda, tutgan ro‘zasi uni taqvoga boshlaydimi, shaytonning bo‘ynini sindirib, shahvatlarini so‘ndira oladimi? Ro‘zada yeymiz, deb necha oylarda ham tutamaydigan oziq-ovqatlarni ramazon uchun g‘amlashni qanday tushunish mumkin? Axir ramazon oyi tom ma’noda ochlar holini his etish, nafs taqvosini o‘ldirish, taqvo ustiga taqvo barpo qilish oyi emasmi? Aslida iftordan so‘ng ro‘zadorning qalbi xavf bilan rajo oralig‘ida muztarib bir holatda tursa, bugungi ro‘zam qabul bo‘lib, Allohga yaqin bandalar jumlasidan bo‘la olamanmi yoki tutgan ro‘zam rad qilinib, nafratga loyiqlar jumlasidan bo‘lib qolamanmi, deya nafs taftishga tutilsa, naqadar a’lo! Rivoyat qilinishicha, Hasan Basriy kahqaha otib kulayotgan bir qavmni ko‘rib dedilar: «Alloh ramazon oyini bandalari uchun toatda musobaqalashadigan oy qildi. Peshqadam qavm zafar quchadi, orqada qolgani imkoniyatni boy beradi. Ajabo! Peshqadamlar zafar quchadigan, dunyo talabida bo‘lganlar yutqazadigan bu kunda bunchalik xandon otib kulishlar nedan?! Allohga qasamki, agar parda ochilsa, yaxshilar o‘zining yaxshiligi bilan, yomonlar o‘zining yomonligi bilan ovvora bo‘ladi». Ya’ni, maqbul amalning sururi o‘yin-kulgudan chalg‘itadi. Rad qilingan amalning hasrati kulgu eshigini yopadi. Aziz muxlis! Yuqorida keltirilgan oyatdan ma’lum bo‘ladiki, «mo‘minman» degani hali «taqvoli bo‘ldim» degani emas. Alloh taologa behad hamd bo‘lsin, mana, ramazon oyiga yetdik. Peshqadamlar safidan joy olib, haqiqiy g‘alabani qo‘lga kiritishga yana bir imkoniyag, yana bir yo‘l ochildi. Barchamizga Taqvo yo‘li muborak bo‘lsin!
Abdurashid Zohid
|
|
|
|
NUKTA: Bu toifa (mashoyixlar) anga ko‘shish qilurkim, andoqki yemak-ichmakdan bo‘g‘uzga savm buyurgaylar, jomei a’zoga o‘z qilur fellaridan ro‘za buyurgaylar... Barchadan sa’broq (mushkulroq) ko‘ngil ro‘zasidirki, Haq subhonahudan o‘zga hech nima xotirga kechmakdur va ro‘zani doimo ko‘ngulga buyururlar. Alisher Navoiy |
|
|
|
|
RO‘ZA ARKONLARI
Ro‘zaning sahih bo‘lish sharti uning ikki rukniga bog‘liq. Ular: niyat – qalbda Allohga bo‘ysunish va Unga yaqinlashish maqsadi bilan ro‘za tutishga azmu qaror qilish, subh-tong kirgandan to quyosh botguncha yeb-ichish va jinsiy aloqadan tiyilish.
RO‘ZANING SUNNATLARI
1. Saharlik qilish. Undan murod sahar payti turib, kunduzi ro‘za tutish niyatida yeb-ichishdir. Ibn Munzir saharlik qilish sunnat ekaniga olimlar ittifoq qilishganini aytganlar. Payg‘ambar alayhissalomning saharlik qilmasdan ro‘za tutganliklari uning vojibligini bildirmaydi. Saharlik qilish bilan mo‘minlar ahli kitoblardan farqlanib turadilar. Saharlikning eng kami biron narsa yeb olishdir. Bir qultum suv ichib olinsa ham, saharlik qilgan hisoblanadi. «Saharlik qilingiz, saharlikda baraka bordir», deganlar Nabiy alayhissalom (Muttafaqun alayh). 2. Saharlikni tongga yaqin qilish. Zayd ibn Sobit aytadilar: «Rasululloh bilan birga saharlik qildik. So‘ng u zot namozga turdilar. Men: «Saharlik bilan azon orasida qancha vaqt bor?» deb so‘radim. «Ellik oyat miqdoricha», dedilar (Muslim rivoyati). Saharlik qanchalik tongga yaqin qilinsa, shunchalik afzal bo‘ladi. Faqat tong kirib qolgunga qadar kechikgirmaslik kerak. Kechroq saharlik qilgan kishi ko‘proq ajr oladi, kunduzi ham to‘qroq yuradi. Yeb-ichib o‘tirgan kishi tong kirib qolganini sezsa, yeb-ichishni to‘xtatadi va ro‘zasini tutaveradi. Vaqt juda kam qolganini bilaturib, o‘zini g‘aflatga solib, yeb-ichib o‘tirish uzr bo‘lmay qolishi mumkin. Shuningdek, ehtiyot yuzasidan deb subhi sodiqdan ancha ilgari, masalan, bir soat oldin og‘iz yopib olish ham sunnatga xilofdir.
|
|
|
|
HIKMAT: Marhabo, ramazon, bizlarni poklovchi! Ramazonning hammasi yaxshi, kunduzi soim, kechasi qoim, bu oydagi nafqa Alloh yo‘lidagi nafaqa kabidir. Umar ibn Xattob |
|
|
|
|
3. Iftorni ertaroq qilish. Quyosh botgani aniq bo‘lganidan keyin darhol og‘iz ochish lozim. Payg‘ambar alayhissalom bu haqda shunday deganlar: «Odamlar iftorni ertaroq qilar ekanlar, mudom yaxshilik ustida bo‘ladilar» (Muttafaqun alayh). Anas (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom suv bilan bo‘lsa ham, og‘iz ochmagunlaricha shom namozini o‘qimas edilar» (Termiziy rivoyati). 4. Iftor mahali duo qilish. Payg‘ambar alayhissalom og‘iz ochganda quyidagicha duo qilar edilar: «Chanqoq qondi, tomirlar ho‘llandi va ajr sobit bo‘ldi, inshaalloq» (Imom Buxoriy rivoyati). Ibn Umar roziyallohu anhu esa shunday derdilar: «Ey Allohim, men Sendan hamma narsadan keng bo‘lgan rahmating bilan suraymanki, gunohlarimni kechir» (Ibn Moja rivoyati).
|
|
|
|
HADISI SHARIF: Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytadilar: “Ramazon ro‘zasini tutgan va uning hududlarini bilgan hamda saqlanish kerak bo‘lgan narsalardan saqlangan odam(ning bu ibodatlari) o‘tgan gunohlariga kafforat bo‘ladi”. Imom Ahmad va Imom Bayhaqiy rivoyatlari |
|
|
|
|
RAMAZONNING ILK KUNIDA
Talaba edim. Gunoh va jaholat biyobonida sang‘ib, orqa-oldimga qaramay yurgan kezlarim edi. Bir kuni ketayotsam, oldimdan yaqin do‘stim chiqib qoldi. «Bir «bayram» qilaylik», dedim. Ko‘nmadi. Qistayverganimdan keyin: «Men ro‘za tutganman», dedi. (Ramazon kelganidan ham bexabar ekanman!) So‘ng menta ham ro‘za tutishni maslahat berdi. «Bo‘pti, ertadan tutaman», deya so‘z berdim. Ramazonning ilk kuni edi, mening esa, og‘zim ochiq. Ertadan ro‘zani boshlasam, «maishat» o‘ladi, deb, ulfatlar bilan rosa «bayram» qildim... O‘sha kuni ichgancha ichdim. (Allohim, O‘zing kechir.) So‘ng sahar kirmasdan turib yuvindim, kiyimlarimni almashgirib, do‘stimning xonasiga tushdim. Kechagi boshog‘riqdan asar yo‘q, ruhim tetik edi. Uch-to‘rt kishi birga saxarlik qilib, og‘iz yopdik. So‘ng ular bomdod namozini o‘kigani boshqa xonaga chiqi?di. Men esa, o‘ringa cho‘zildim. Bir payt ko‘zim ilinibdi. Yo Alloh, o‘shanda Rasuli akramni tush kurdim. Qomatlari, so‘zlari, atvorlari xuddi sahobalari ta’riflagandek edi. Bezovta edilar. Kechagi ishlarim u zotni xafa qilganini bilib turardim. «Kimdir birinchi kungi ro‘zasini buzibdi, endi hammamiz boshqatdan tutamiz», dedilar. Lekin o‘sha buzg‘unchi kimligini aytmadilar. Huzurlarida uyatdan yerga kirgudek edim... So‘ng uyg‘onib ketdim. Do‘stlarim namozdan qaytishgan ekan. Xonamga chiqqim kelmadi... O‘shanda ilk bor poklik neligini his etdim. Rasululloh sollolohu alayhi va sallam anglatib ketdilar uni menga. Hamon o‘sha poklikni, muborak jamolni sog‘inaman. Lekin Alloh taolo dunyo havaslariyu xato-gunohlar ichra sarson bandasiga Habibining jamolini loyiq ko‘rmayotir!
|
|
|
|
HADISI SHARIF: Abu Hurayra roziyallouu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Uchta duo rad qilinmas: ro‘zadorning og‘zini ochish paytidagi duosi.. .», dedilar». Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyatlari |
|
|
|
|
Yo Allohim, Rasulingni sog‘inish, jamollarini bir bor tush ko‘rish baxt. Qiyomatda u zot bilan birga bo‘lish esa, ming chandon ulug‘ baxt... Yo Allohim, Sen naqadar mehrli, rahmli, sabrli zotsan! Yo‘qsa bir kun oldin — ramazonning ilk kunida katta ma’siyatlarga qo‘l urgan bir bandangni ertasiga saxarlik bilan siylarmiding, Rasulingning jamolini izhxor etarmiding?! Yo Allohim, mana, yana ramazon keldi, rahmat eshiklaring ochildi. Fazlingdan umidvormiz. So‘ramasak-da, bizni iymon bilan musharraf etding, endi so‘rayotganimiz jannatdan mahrum aylama. Yo Allohim, Rasuli karimingga salovot va salomlarimizni yetkaz, u zotni qiyomatda maqtovli maqomda tiriltir, u zotni o‘zlari istagan vasilaga muyassar qil, bizga umid etayotganimiz shafoatlarini nasib ayla, Havzi Kavsar bo‘yida Rasulimiz bilan diydor ko‘rishguncha iymonimizni salomat qil. Tushlarimizni Rasulingning jamoli ila charog‘on et...
G‘arib N.
|
|
|
|
Ro‘zadorlarni iftorlikka chaqirib, dasturxon yozgan kishining haqqiga, albatta, duoi xayrlar qilinadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam iftor qilib bergan kishini shunday duolar bilan xushnud etganlar: «Uyingizda ro‘zadorlar iftor qilsin. Taomingizni yaxshilar yesin. Huzuringizga farishtalar tushsish («Sahihul jome’us-sag‘ir»); «Parvardigoro, meni yedirib-ichirgan bandangni O‘zing yedirib-ichirgin» (Imom Muslim rivoyati); “Parvardigoro, ularga bergan rizqingni barakotli qilgin, gunohlarini kechirgin, rahmatingga olgin” Imom Muslim rivoyati |
|
|
|
|
IFTORLIK FAZILATI
Ramazonda ro‘za tutishning ajri-ku, juda ulug‘. Ammo ro‘zadorga iftor qilib berish ham nihoyatda fazilatlidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: "Kimda-kim ro‘zadorga iftor qilib bersa, ro‘zadorning savobidan zarracha kamaytirilmagan holda ro‘zador ega bo‘lgan savobga ega bo‘ladi" (Imom Termiziy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana shunday marhamat qilganlar: "Jannatda tashqarisidan ichkarisini va ichkarisidan tashqarisini ko‘rish mumkin bo‘lgan uylar bor. Alloh taolo bu uylarni miskinlarga taom yediruvchilar, muloyim gapiruvchilar, uzluksiz (davomli) ro‘za tuguvchilar va kechasi boshqalar uxlayotgan vaqtda namoz o‘quvchilar uchun tayyorlab qo‘ygan" (Imom Ahmad rivoyati). Rivoyatlarda aytilishicha, salaflar iftorlarini hamisha bir miskin bilan baham ko‘rishni odat qilganlar. Abdulloh ibn Umar, Molik ibn Dinor, Ahmad ibn Hanbal va boshqa ulug‘ imomlar hayotida bunga misollar ko‘p. Abdulloh ibn Umar dasturxonlarida bir yetim yoki miskin o‘tirmasa, iftor qilmas ekanlar. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, ba’zi birovlar hech bir uzrsiz ro‘za tutishni tark qilishadi-da, so‘ng savob uchun ro‘zadorlarni iftorlikka chaqirishadi. Ammo bilib qo‘ymoqlari lozimki, farz ro‘zani tutmas ekanlar, ularga savob yo‘qdir.
Sunnatulloh
RO‘ZANING MAKRUHLARI
Ro‘zador uchun quyidagi ishlarni qilish makruh: 1. Tahorat olayotib, og‘iz va burunni chayganda, tomoq va dimog‘ning oxirigacha suv olish. Payg‘ambar alayhissalom: «Burunga suvni chuqur olgin, ammo ro‘zada unday qilma», deganlar («Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan). 2. O‘pmoq. Bo‘sa shahvatni qo‘zg‘atib, ro‘za paytida qat’iyan man qilingan jimo’ga olib kelishi mumkin. Shundan kelib chiqib, ayrim ulamolar: «Kishi o‘zini tutib tura olishiga ishonsa, bo‘sa olishi joiz, o‘ziga ishonmasa, haromdir», deyishgan. 3. Ahliga shahvat nazari bilan boqish. 4. Jinsiy aloqani fikr qilish. 5. Ahliga shahvat bilan teginish. 6. Saqich yoki shunta o‘xshash narsalarni chaynash.
|
|
|
|
HADISI SHARIF: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Har bir ro‘zador bandaning iftori oldidan ijobat qilinadigan duosi bordir. (U) yo shu dunyoda beriladi yoki oxiratga saqlab qo‘yiladi, dedilar». Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyatlari |
|
|
|
|
7. Qozonda turgan taom mazasini tatib ko‘rish. (Ammo ba’zilar nazdida oshpazlar o‘zlarini ehtiyot qilgan holda zarurat yuzasidan taomning tuzini tatib ko‘rishlari joizdir.) 8. Qon chiqarish yoki oqizish. Bu yerda zuluk yoki boshka narsa vositasida ko‘p miqdorda qon oldirish nazarda tutilgan. Chunki bu ish inson tanasini zaiflashtirib, ro‘zasini ochishga majbur qilishi mumkin. Ba’zi ahli ilmlar qon oldirishni ro‘zani buzuvchi amallardan sanaganlar. Tibbiy tahlil uchun qo‘l uchidan kam miqdorda qon oldirishning esa zarari yo‘q. Chunki uning tanaga ta’siri sezilmaydi. 9. Visol, ya’ni ikki-uch kun iftorsiz ro‘za tutish. Payg‘ambar alayhissalom visol qilishdan qaytarganlar. Ayrim ulamolar shu hadisdan kelib chiqib, visolni harom ham deyishgan. Lekin makruh degan fikr kuchliroqdir. Chunki bu hadisdan so‘ng sahobalardan ayrimpari Payg‘ambar alayhissalom bilan birga visol qilishgan. Shunda Payg‘ambar alayhissalom ularga indamaganlar. Agar u harom bo‘lganida, ularga sukut qilmasdilar. Yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni qilish garchi ro‘zani buzmasa-da, uning savobini kamaytirishi mumkin.
RO‘ZANI BUZUVCHI NARSALAR
Ro‘zani quyidagi narsalar buzadi: 1. Jinsiy aloqa. Bu ish ro‘zani buzuvchi amallarning eng ulkanidir. Ramazonda kunduzi qovushish haromligini bilaturib, ro‘zador ekani esida bo‘lgan holda, o‘z ixtiyori bilan jinsiy aloqa qilgan kimsa qattiq gunohkor bo‘ladi. Agar u bu ishini halol sanasa, dindan chiqib, kofir bo‘ladi (Alloh asrasin). 2. Maniyni qasddan chiqarish. Ammo maniy insonning ixtiyorisiz, masalan, uyquda chiqsa, ro‘za buzilmaydi.
|
|
|
|
MASALA: Ummu Ishoq suv ichib qo‘ydi, ro‘zadorligi esiga tushib qoldi. Shu yerda turgan Zul-Yadayn: “To‘yganingdan keyinmi?” dedi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: “Ro‘zangni tutaver. Albatta, bu Alloh senga bergan rizqidir”, dedilar. Imom Ahmad rivoyati. |
|
|
|
|
3. Ichga ozuqa kiritish. Bu ish ikki xil uslub bilan bo‘ladi: a) yeb-ichish. Kim qasddan, ro‘zaligini bilib turib yeb-ichsa, qattiq gunohkor bo‘ladi; b) yeb-ichish ma’nosidagi narsalar. Masalan, quvvat beruvchi dori-darmonlarni olish. 4. Qasddan qusish. Payg‘ambar alayhissalom: «Kim qasddan qayt qilsa, qazosini tutib bersin», deganlar. Ammo qayt qilish beixtiyor amalga oshsa, ro‘za buzilmaydi. 5. Hayz qonining kelishi. Ayollarda hayz qonining kelishi ro‘zani bekor qilib, qazoni vojib qiladi. 6. Ro‘za tutish niyatidan voz kechish. Kim ro‘za holida ro‘zasini ochib yuborishni qalbdan qasd kilsa, ro‘zasi bekor bo‘ladi.
RO‘ZA KIMLARGA FARZ EMAS?
Balog‘atga yetmagan bola, aqlini yo‘qotgan majnun, hushdan ketgan kimsa, kasalga chalinib ro‘za tutolmaydigan kishi, ro‘za tutishga madori yo‘q keksalar, safardagi musofir, hayz yoki nifos ko‘rgan ayollar, homilador, emizikli juvonlar uchun shariatimiz ro‘za tutmaslikka ruxsat etadi. Balog‘atga yetmagan bola, aql-hushini yo‘qotgan kishi haqida Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: «Uch toifa insondan qalam ko‘tarilgan: aqlini yo‘qotgan kimsa, to aqli joyiga kelgunicha, uyquda yotgan inson, to uyg‘ongunicha, yosh bola, to balog‘at yoshiga yetgunicha gunoh-savobdan forig‘dir» (Ahmad va Abu Dovud rivoyati). Kasalga chalingan kishi esa, holatiga qaraydi. Agar ro‘za tutsa, dardi yanada kuchayadigan yoki tuzalishi orqaga suriladigan bo‘lsa, ro‘za tutmaydi. Qolib ketgan kunlarning ro‘zasini tuzalganidan keyin tutib beradi. Agar bemor ro‘za tutsa, qiynalib qolmaydigan, ro‘za sababli dardi zo‘rayib ketmaydigan bo‘lsa, ro‘zasini tutaveradi. Ammo tuzalishi umid etilmaydigan dardga chalingan bo‘lsa, ramazonning zo‘r bir kuni uchun fidya beradi. Keksalar ro‘za tutishga qiynalsalar, ramazonning har bir kuni uchun bir miskinning qorni to‘yadigan darajada fidya beradilar. Shunda ular ro‘za tutganlik savobini oladilar.
|
|
|
|
RO‘ZADORLAR UCHUN DASTURXON: Nabiy alayhissalom aytadilar: «Allohning ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insonning xayoliga kelmagan dasturxoni bor. Uning atrofida ro‘zadorlargina o‘tiradilar» (Ibn Abu Dunyo rivoyati). Anas roziyallolu anhu dedilar: «Ro‘zadorlarning og‘zidan mushk ufuradi va ular uchun Arshning ostida dasturxon yoziladi. Odamlar (qiyomatda) hisob berar ekan, ro‘zadorlar ziyofatda bo‘ladilar». |
|
|
|
|
Musofir odam ro‘za tutish yoki tutmaslikda ixtiyorlidir. Chunki Payg‘ambar alayhissalom safarda ro‘za tutgan sahobalarga ham, tutmaganlarga ham indamaganlar. Musofir uchun qaysi biri yengil bo‘lsa, o‘shani qilishi afzal. Agar tutma-sa, qazosini keyin, muhim bo‘lganda tutib beradi. Hayz yoki nifos ko‘rgan ayolga kelsak, uning ro‘za tutishi harom sanaladi. Kim hayz va nifos paytida hukmini bilaturib, ro‘za tutsa, ro‘zasi botil, o‘zi esa gunohkor bo‘ladi. Homilador yoki emizikli ayol ro‘za tufayli o‘ziga, homilasiga yoki chaqalog‘iga zarar yetishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmaydi. Bu uzrlardan qachon holi bo‘lib, ro‘za tutish imkoniyatiga ega bo‘lsa, o‘shanda ro‘zaning qazolarini tutib beradi. Agar keyin ham tutishga qodir bo‘lmasa, unda har kunlik ro‘zasi uchun fidya beradi. Fidya deganda bir miskinning qornini to‘yg‘azadigan miqdordagi taom yoki uning qiymati tushuniladi. Qazo ro‘zalarini ketma-ket tutish shart qilinmagan. Uzib-uzib tutsa ham bo‘ladi. Agar qazolar keyingi ramazon kelguniga qadar tutib olinsa, a’lo ish bo‘ladi. Agar inson beparvo bo‘lib, hech qanday uzrsiz qazo ro‘zalarini keyingi ramazongacha ham tutmagan bo‘lsa, ba’zi ahli ilmlar so‘zi bo‘yicha, ham qazolarini tutadi, ham o‘sha kunlari uchun bir miskinni taomlantiradi.
RO‘ZADOR UCHUN JOIZ BO‘LGAN ISHLAR
1. Misvok tutish. Ko‘pchilik ulamolar uni ro‘zada ham joiz, deb aytishgan. Faqat ayrim olimlar uni tushdan keyin — iftorga yaqin ishlatishni makruh sanashgan. Lekin ular ham misvok ro‘zani buzuvchi narsa deb emas, balki: «Ro‘zadorning og‘zidan keladigan esa Alloh nazdida mushkdan ko‘ra, xushbo‘yroqdir», degan hadisga binoan makruh ko‘rishgan. Ammo tish yuvish pastalarini ro‘za paytida ishlatmaslik durustdir. Chunki uning ta’mi o‘tkir bo‘lib, ichga sizib kirishi mumkin. 2. Issiq taftini olish uchun suv bilan salqinlanish, ya’ni cho‘milish. Bunda ustidan suv quyib yuvinishning ro‘zaga xalali yo‘q. Ammo suvning ichiga tushib cho‘milishdan bir oz ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki quloq burun yo orqa teshikdan me’daga suv yetish ehtimoli bor. 3. Tongga qadar yeb-ichish va ayoliga qovushish. 4. Ehtiyoj yuzasidan safar qilish, hatto og‘iz ochishga to‘g‘ri kelishini bilsa ham, joiz. Faqat ro‘zadan kutish maqsadida safar qilmasa bas.
|
|
|
|
XUSHXABAR: Makhul rahimulloh deydilar: “Janat ahli bir hidni his etishadi-da: “Ey, rabbimiz, jannatga kirganimizdan buyon bu hidni hidlaymiz, biz undan shirinroq hidni hech tuymaganmiz” deyishadi. Ularga: “Bu bo‘y ro‘zadorlarning bo‘yidir”, deyiladi”. |
|
|
|
|
5. Ichga kirmaydigan halol dorilar bilan davolanish. Bunga nina orqali ozuqa bo‘lmaydigan dorilarni olish ham kiradi. 6. Go‘dakka og‘izda taom chaynab berish. Bunda ro‘zador o‘zining ichiga biror narsa ketib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 7. Atir va boshqa bo‘ylardan foydalanish. 8. Ayollar ko‘zga surma, qo‘lga xina qo‘yishlari.
RAMAZON HADISLARI
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Ro‘za va Qur’on qiyomat kunida banda uchun shafoat so‘raydi. Ro‘za: «Rabbim, men uni taom va mayllardan to‘sdim, endi uni shafoat qilaman qabul et!» deydi. Qur’on: «Men uni tunlari uyqudan to‘sdim, endi uni shafoat qilaman qabul et!» deydi. Shundan so‘ng ularning shafoatlari qabul qlinadi» (Ahmad rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Attoh jahannamni Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutgan bandaning yuzdan yetmish yillik masofaga uzoq qiladi» (Imom Abu Dovuddan boshqa barcha shlonchli muhaddislar rivoyat qilishgan).
Bir odam Rasulullohga: “Men Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, siz Allohning elchisi ekaningizga guvohlik bersam, besh vaqt namozni o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutib, kechalari ibodat bilan bedor bo‘lsam, kimlar bilan birga bo‘laman?» dedi. Nabiy: «Siddiqlar va shahidlardan birisan», deb javob berdilar. (Ibn Huzayma va Ibn Hibbon rivoyati)
Rahmatulloh tayyorladi
|
|
|
|
HADISI SHARIF: Alloh (ramazon) ro`zasini farz qildi. Men esa musulmonlarga (uning kechasini ibodat bilan) bedor (o`tkazishni) sunnat qildim. Kim iymon va savob umidida ramazon ro`zasini tutsa va (kechalarini ibodat bilan) bedor o`tkazsa, onadan tug`ilgan kundagidek tozalanadi. (Imom Nasaiy rivoyati) |
|
|
|
|
XATOLARIMIZNI O‘NGLAYLIK
1. Ayrim musulmondar ramazonni yegulik g‘am-tashvishi bilan kutib oladi. Ammo u oziq-ovqat jamg‘aradigan emas, aksincha, topgan-tutganimizni faqirlar bilan baham ko‘rib, imkon qadar ko‘proq toat-ibodat va xayrli amallar qilish oyidir. 2. Ba’zilar saharlikni tong kirishdan ancha vaqgli qilib olishadi-da, ko‘p ajru savobdan quruq qolishadi. 3. Bomdodga azon chaqirilayotgan paytda suv yoki choy ichib olishni odat qilish ham xatodir. Chunki azon tong kirgandan keyin aytiladi. 4. Ramazon kirganidan bexabar qolgan kishi «Endi baribir, ulgurmadim», deb o‘sha kunning qolgan qismida yeb-ichib yurishi noto‘g‘ri. 5. Ramazonda unutib yeb-ichib qo‘ygan ba’zi kishilar «Ro‘zam ochilib ketdi», deb yana yeb-ichishga kirishib ketishadi. 6. Ba’zi kattalar voyaga yetgan farzandlarini «rahmdillik» yuzasidan «hali yoshsan» yoki «charchaysan» yoxud «o‘qishingga (ishingga) xalal beradi» degan bahonalar bilan ro‘za tutishdan qaytaradilar. Holbuki, ularni ro‘za va namozga buyursalar, katga mehribonlik ko‘rsatgan bo‘ladilar. 7. Ro‘za tutadigan kishi ro‘zani buzadigan amallarni bilmay yurishi juda katta xatodir. Kishi ro‘zasi sahih bo‘lishi uchun ramazondan avval ro‘za hukmlarini yaxshilab o‘rganmog‘i lozim. 8. Muslima ayollar ko‘chaga yasan-tusan qilib, atir-upalar sepib chiqishlari va ovozlarini ko‘tarib gapirishlari juda katta xatodir. Muslimalar, chin ma’noda mastura bo‘lingiz!
|
|
|
|
HADISI SHARIF: Bir kishi Nabiyning huzurlariga kelib: "Meni jannatga olib kiradigan amalga buyuring", dedi. Nabiy alayhissalom: "Ro`za tut, chunki uning tengi yo`qdir", dedilar. Haligi kishi yana savolini qaytardi. Rasululloh tag`in: "Ro`za tut!" deb javob berdilar. (Imom Ahmad, Imom Nasoiy rivoyatlari) |
|
|
|
|
9. Ramazonning oxirgi o‘n kunini ba’zi birovlar kiyim-kechak tanlash, hayitdagi turli «rasmiy marosimalarga tayyorlanib, tuxum, sariyog‘ xarid qilish bilan o‘tkazadilar. Nahot Nabiy sollallohu alayhi va sallam bizga shuni o‘rgatgan bo‘lsalar?! Axir u zot oxirgi o‘n kunlikda O‘zlarinn ibodatga bag‘ishlab, bellarini mahkam bog‘lab, tunlari bedor bo‘lib, ahli oilalarini ham Alloh ibodati uchun uyg‘otar edilar. 10. Bolalarni yoshligidan ro‘za tutishga o‘rgatib borish zarur. Toki ular ibratga ko‘niksinlar va odat qilsinlar. Robe’ binti Muavviz aytadi: «Bolalarimizga ham ro‘za tuttirar edik. Ularga jundan o‘yinchoq yasab berardik. Birontasi ovqat deb yig‘lab qolsa, iftorgacha o‘yinchoq berib ovutar edik» (Imom Buxoriy rivoyati). 11. Ro‘zador baqirib-chaqirmasdan, nojoiz so‘zlarni ishlatmasdan, og‘ir-vazmin bo‘lib yurmog‘i kerak. Chunki ro‘za faqat yeb-ichishdan emas, gunoh-ma’siyatlardan tiyilish, yomon xulq va so‘zlardan saqlanish hamdir. 12. Ro‘zador ramazonning qimmatli kunlarini uyin-kulgi, bema’ni kinolar tomoshasi va boshqa ko‘ngilxushliklar bilan isrof qilmasligi lozim. Aqlli mo‘min bag‘oyat qimmatli ne’matni arzimas xasga almashtirmaydi!
Maqolalar “Hilol taqvimi”ning 11-sonidan (Ramazon oyi, hijriy 1425 yil) olindi
Alloh taolo barchamizga ramazon ro‘zasining haqiqiy ixlos bilan tutishni va yuqoridagi ajru savoblarga ega bo‘lishimizni muvaffaq aylasin. Omin!
RAMAZON MUBORAK
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan, Bu oy “Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan, Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish, Takabburlar axloqini tuzatmish. Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin Arazlashgan bir-birini kechirsin Olloh olov kamzullarni yechirsin Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda, Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda. Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik, Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik, Mangu xuzur-xalovatga yetaylik, Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak!
Xoldor Vulqon |